IKEA brendi O‘zbekistonda fabrika ochaëtganidan bexabarligini ma'lum qildi
8 fevral kuni davlat rahbari Toshkent viloyatdagi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishgandi. Taqdim etilgan loyihalar orasida mebel va uy jihozlari ishlab chiqarish hamda sotish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri – IKEAning Chirchiq shahri hududida quriladigan mebel ishlab chiqarish fabrikasi ham bor edi.
Loyihaga ko‘ra, yangi zavod yer maydoni 5,5 gektarni egallashi, uning yillik mebel ishlab chiqarish quvvati 3,2 ming donani, mahsulot qiymati esa 17 million dollarni tashkil etishi aytilgandi. Loyihaning umumiy qiymati 52 million dollar, shundan qariyb 42 millioni xorijiy investitsiya hisobiga to‘g‘ri kelishi, shuningdek, 22 oy ichida ishga tushadigan fabrikada 320 ta yangi ish o‘rni yaratilishi aytilgan edi.
Ammo, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda IKEA kompaniyasining (Inter IKEA Systems B.V.) O‘zbekistonda bunday loyihani amalga oshirish rejasi yo‘qligi haqida ma'lumot tarqaldi. Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Kun.uz IKEAning bosh ofisiga so‘rov yubordi. Javob esa uzoq kuttirmadi: tahririyat so‘rovi yuborilganidan qariyb 4 soat vaqt o‘tib, quyidagi mazmunda maktub keldi:
Dear,
Many thanks for reaching out.
The information you have received is incorrect. IKEA Industry, or any IKEA Supply business, do not have and are not planning any factory or business in Uzbekistan.
Best regards,
Media Relations & News Desk Team, IKEA of Sweden
Tarjimasi:
Biz bilan bog‘langaningiz uchun katta rahmat.
Sizga yetib kelgan ma'lumot to‘g‘ri emas. IKEA Industry yoki IKEA Supply businessning O‘zbekistonda biznes qilish yoxud zavod qurish hozir yo yaqin kelajakdagi rejasida yo‘q.
Hurmat bilan,
IKEAning OAV bilan ishlash va yangilik tarqatish jamoasi
Shuningdek, Kun.uz Toshkent viloyat hokimligiga ham so‘rov yubordi. So‘rov yuborilganidan 3 kun o‘tib, hokimlik matbuot xizmati rahbari Xamza Jumayevdan Chirchiq shahri hududida quriladigan IKEA mebel ishlab chiqarish fabrikasi loyihasi bo‘yicha muzokaralar avvalgi viloyat hokimi Rustam Xolmatov davrida olib borilgani, xozirgi vaziyat haqida aniq ma'lumot yo‘qligi va bu bo‘yicha tegishli mutaxassislar shug‘ullanishayotgani haqidagi ma'lumot olindi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlagan Rustam Xolmatov prezidentning shu yil 30 yanvardagi farmoni bilan ishdan olindi. Uning o‘rniga Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov tayinlandi.
Mavzuga oid
23:07 / 21.12.2024
Toshkent viloyatida chiqindi poligonlari xizmat narxi oshiriladi
16:16 / 17.12.2024
Toshkent viloyatida 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
20:14 / 16.12.2024
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:41 / 14.12.2024