«Qonun loyihasi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning qolish tartibi va shartlarini belgilaydi. Uning yakuniy qoidalarida Rossiyada bo‘lgan barcha shaxslarning ushbu mamlakatda qolish imkoniyatini ta'minlash taklif etiladi», deyilgan loyihada.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu fuqarolarga nisbatan ma'muriy choralar qo‘llanilmaydi va ilgari qabul qilinganlari bekor qilinadi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish migratsiya qonunchiligini isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar doirasida amalga oshirilayotganini ma'lum qilgan. Qonun loyihasining konsepsiyasi hukumat tomonidan ma'qullangan.

Shunday qilib, fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga binoan Rossiya prezidenti mamlakat fuqaroligini qabul qilish uchun ariza berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning toifalarini belgilaydi.

Hujjatda qayd etilishicha, uzoq vaqt davomida mamlakatda bo‘lgan shaxslarning ayrim toifalari soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini qabul qilishi mumkin. 

Bundan tashqari, yangi qonun Rossiya hududida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun o‘n yil muddatga vaqtinchalik shaxsiy guvohnomalarni berishni nazarda tutadigan huquqiy maqomni tartibga solishga qaratilgan. Ushbu tartib 2021 yil 24 avgustdan kuchga kirishi aytilmoqda.