Lotin alifbosiga ötiş masalasini ötgan asrning boşlarida yaşab ijod etgan jadidlar kötarib çiqqan edi. Ular millatning millat sifatida şakllanişi, tanilişida ma'lum qonun-qoidalar asosida tizimlaştirilgan, ma'lum me'yorga keltirilgan adabiy til zarurligini anglab yetganlar. Boşqa turkiy xalqlarda bölayotgan lotinlaştiriş harakatiga jadidlar ham qöşildilar.
1926 yilda Bokuda bölib ötgan Birinçi Butunittifoq turkologiya qurultoyida turkiy xalqlarning lotin alifbosiga ötişlari haqida qaror qabul qilinadi. Özbekistonda ham lotin yozuviga ötiş, lotin alifbosiga asoslangan özbek alifbosini yaratiş böyiça jiddiy harakatlar boşlanadi. Turli anjumanlarda, matbuotda mavzu yuzasidan qizğin muhokamalar boşlanadi.
Öşa paytda alifbodagi harflarni belgilaşda jadidlar ikkita guruhga bölingan edilar. 1-guruh – turkiy tillarda mavjud singarmonizm qonuniyatini özbek tilida ham borligini e'tirof etuvçilar. 2-guruh – özbek tilida singarmonizm qonuniyati buzilgan deb e'tirof etuvçilar.
Birinçi guruh qaraşlariga köra, özbek tilida ham boşqa turkiy tillardagi kabi 9 ta unli bor (singarmonizm qonuniyatiga köra, unlilar qattiq-yumşoq variantga ega) va ular alifboda aks etişi kerak. Ikkinçi guruh esa özbek tilida 6 ta unli bölişi kerak, degan taklifni ilgari suradi.
1929 yilda Samarqandda bölib ötgan Til va imlo anjumanida lotin alifbosiga ötiş haqida qaror qabul qilinadi va birinçi guruh tavsiya qilgan alifbo tasdiqlanadi.
Jadidlarning asosiy xizmatlaridan biri şu böldiki, ular milliy alifboga «ng» (ңg) tovuşi uçun alohida harf kiritdilar. Bu haqda ötgan asr boşlari tarixi böyiça tadqiqotlar olib borgan Boymirza Hayit şunday yozgan edi:
«Jadidçilar arab harflarini qulay örgatmoq va turkçani töğri talaffuz ettirmoq uçun arab harflaridagi fatxa, kasra va zamma işoratlari örniga alohida harflarni ilova qilgandilar. Ular bu alifboga turklarning eng eski «ng» harfini ham qöşdilar. Turkistonda alifbo şu tariqa yaratilgandi».
«ng» tovuşi turkiy tillarning eng qadimiy tovuşi ekani tilşunoslar tomonidan e'tirof etilgan (bu haqda qarang: H.Ne'matov. Özbek tilining tarixiy fonetikasi, 1992, 65-b).
Şu bilan birga, 2 xil j (portlovçi va sirğaluvçilari uçun) harflari qabul qilindi:





















