Bugun kechqurun grin-karta javoblari e'lon qilinadi
2022 yil uchun 2020 yil kuzida o‘ynalgan grin-karta lotereyasi natijalari 2021 yil 8 may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da e'lon qilinadi.

Foto: Shutterstock
Natijalarni dvprogram.state.gov/ESC rasmiy saytidan bilish mumkin. Buning uchun ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin olingan tasdiq kodini (16 ta belgidan iborat), familiyasini va tug‘ilgan yilini kiritishi zarur.
Shundan keyin ochilgan sahifada «Siz ‘Turli millat vakillari uchun immigratsiyaviy viza dasturi’ (Diversity Immigrant Visa Program) uchun tasodifiy tanlab olindingiz», degan yozuv chiqsa, demak, bu grin-karta yutib olinganini bildiradi.
Agar javob tekshirilganda bosh harflar bilan «… HAS NOT BEEN SELECTED» – «Siz tanlab olinmadingiz» degan yozuv chiqsa, keyingi safar urinib ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Lekin grin-karta yutganlarda ham AQShga ketish imkoni 100 foiz degani emas. Bu javoblar e'lon qilingach, tanlab olinganlarning o‘zlariga oldindan ma'lum qilinadi. «Tanlab olinganingiz AQShga kelish uchun viza olishingizni kafolatlamaydi. Sababi tanlab olinadiganlar viza beriladiganlar soniga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘rsatmalarga amal qilish viza olish imkoningizni oshiradi», deyiladi ogohlantirishda.
G‘oliblar keyingi jarayonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, AQShda doimiy yashash, qonuniy ishlash va 5 yildan so‘ng AQSh fuqaroligini olish uchun ariza berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Grin-karta egalari saylovda ovoz berishdan tashqari, AQSh fuqarolariga berilgan aksariyat huquqlardan foydalana oladi.
Har yili AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari kam bo‘lgan davlatlar fuqarolariga immigratsion viza uchun lotereya o‘ynaladi. Dastur asosida yiliga 55 ming nafargacha xorij fuqarosi AQSh rezidenti maqomini oladi.
2017 yilda grin-karta uchun O‘zbekiston fuqarolaridan 1,8 million, 2018 yilda 1,7 million, 2019 yilda esa 466 480ta ariza kelib tushgan.
Lotereyada g‘olib deb topilganlarga kelsak, 2016 yil may oyida 4 501 nafar, 2017 yil mayida 4 494 nafar o‘zbekistonlikka yutuq chiqqan. Ammo g‘oliblarning barchasiga ham grin-karta nasib etavermaydi. 2017 yilda 3199 nafar, 2018 yilda 2058 nafar, 2019 yilda 823 nafar O‘zbekiston fuqarosi DV dasturi orqali AQShda doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritgan.
Eslatma: Bugun kechki payt javoblar e'lon qilingach, juda ko‘p odam yakuniy javobni tekshirishi sababli dvprogram.state.gov sayti ishlashi sekinlashishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyevga dronlar hujumi: kamida 18 kishi jarohatlandi
Jahon | 08:58
-
AQSh harbiy samolyotlari Eron biqinida, Netanyahu to‘xtamoqchi emas
Jahon | 08:52
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
Mavzuga oid

21:00 / 03.10.2021
Grin-karta mojarosi bo‘yicha sud qarori: 350 nafar o‘zbekistonlik qatnashgan ish bo‘yicha 6914 ta viza zaxiraga olindi

18:35 / 24.09.2021
“Atigi 41 kishi suhbatga chaqirildi” – O‘zbekistonliklar Toshkentdagi elchixonani grin-karta masalasida sustkashlikda ayblamoqda

21:51 / 16.09.2021
Grin-karta yutib, Amerikaga keta olmayotgan o‘zbekistonliklar masalasi nima bo‘ladi? AQSh elchixonasi javob berdi

18:30 / 18.07.2021