«Keça Andijon tumanidagi 4 ming gektar adirlik yerlarda barpo etiladigan Yangi Andijon şahriga tamal toşini qöydik.

Uşbu yangi şaharda jami 130 mingdan ortiq kvartirali köp qavatli uylar, ta'lim, soğliqni saqlaş, savdo va xizmat körsatiş maskanlari, sanoat zonalari, yaşil hududlar va infratuzilma obektlari quriladi.

Ta'kidlaş kerakki, Yangi Andijon loyihasi – aholi uçun munosib turmuş şaroitini yaratiş bilan birga, ulkan quriliş va bunyodkorlik işlarini amalga oşiriş orqali, viloyatni rivojlantiriş böyiça yangi drayver böladi. 

Jumladan, quriliş materiallari, elektrotexnika, mebelsozlik, töqimaçilik, poliester va sun'iy tola işlab çiqariş va xizmat körsatiş kabi yönalişlarda köplab yangi loyihalarni amalga oşiriş uçun imkoniyat yaratiladi.

Yangi Andijon loyihasining kommunikatsiya tarmoqlarini  qurişni boşlaş uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan 100 million dollar ajratiladi. Şulardan kelib çiqib, 2022 yil 1 martdan boşlab Andijon şahri tarkibida Yangi Andijon tumani taşkil etiladi.

[Transport vaziri] Mahkamov Yangi Andijon hududiga tezkor transport qatnovini taşkil qiliş maqsadida bir oy muddatda taklif kiritsin. Mana masalan ikki şahar örtasida metro quriş masalasini öylab köringlar, hisob-kitob qilib, takliflar kiritinglar.

Samarali bölsa, amalga oşiraylik. Yangi Andijonda «Damas» bölmaydi», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat rahbari faollar yiğilişida Andijon yöllari muammosiga ham töxtalib, viloyatdagi yöllarni ta'mirlaş uçun 450 mlrd söm ajratilişi, bu 2016 yilga nisbatan 50 barobar köpligini ta'kidlab ötdi.

«Andijon şahrida yirik loyiha – Bobur şoh köçasining ikki qismini boğlaydigan va Markaziy temir yöl vokzali ustidan ötadigan, 700 metr uzunlikdagi köprik quriladi. Natijada masofa 5 kilometrga, vaqt sarfi esa 25 foizga qisqarib, Andijon ahlining neça yillik orzu-niyatlari amalga oşadi.

Umuman, Andijon viloyati yöllariga 450 mlrd söm ajratyapmiz. 2016 yilda buning uçun 9 mlrd söm berilgan. Farq bormi? 

Lekin bu pullarni qat'iy nazorat qiliş kerak. Deputatlar, sizlar bunga boş qöşişlaringiz zarur. Mablağning 20 foizi deputatlar yöllarni imzo çekib qabul qilib olmagunça tölab berilmaydi», dedi davlat rahbari.