Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida qonun prezident tomonidan imzolandi.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yaraşilganlik munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qiliş instituti kiritildi.

Kodeksning bir qator moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan şaxs, agar u öz aybiga iqror bölsa, jabrlanuvçi bilan yaraşsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma'muriy javobgarlikdan ozod etilişi mumkin.

Ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni körib çiquvçi organ (mansabdor şaxs) taraflarning yaraşuvi munosabati bilan işni sudga yuboriş töğrisida qaror çiqaradi va ma'muriy javobgarlikdan ozod qiliş haqidagi masalani hal etiş uçun iş materiallarini sudga yuboradi.

Jabrlanuvçi yoxud uning qonuniy vakili yaraşuv töğrisidagi arizani iş vakolatli organlar (mansabdor şaxslar) tomonidan körib çiqilişi vaqtida, şuningdek sud muhokamasining istalgan bosqiçida, ammo sud qaror çiqarguniga qadar berişi mumkin.

Agar iş böyiça bir neça jabrlanuvçi bölsa, faqat barça jabrlanuvçilar bilan yaraşuvga erişilgan taqdirda, yaraşuv töğrisidagi işni yuritiş mumkin. Yaraşuv töğrisidagi işlar böyiça sud muhokamasi iş sudga kelgan paytdan e'tiboran 3 kundan keçiktirmay ötkaziladi. 

Huquqbuzarlikni bir yil içida takroran sodir etgan şaxs tomonlarning yaraşuvi munosabati bilan ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.