Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida qoraqalpoğistonlik haydovçi boşqaruvidagi Cobalt maşinasi avtobusning orqasidan borib urgan. Oqibatda ikki kişi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 5 oktabr kuni M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani hududidan ötgan 974-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir etilgan.

Nukus şahrida yaşovçi haydovçi 1982 yilda tuğilgan şaxs boşqaruvida bölgan Cobalt maşinasi Buxoro viloyatidan Toşkentga ketayotib yöl çetida töxtab turgan avtobusga borib urilgan. Oqibatda Cobalt maşinasida yölovçi sifatida ketayotgan fuqaro oğir tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan. Şuningdek, ikki nafar yölovçi oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, Cobalt haydovçisi maşinani boşqarib ketayotib uxlab qolgan va natijada boşqaruvni yöqotgan.