Prezident Şavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovçilar bilan uçraşuvda “Surxon xalqining boşiga tuhmatlar, böhtonlar bölgani ham rost”, dedi va sönggi yillarda odamlar xotirjam va erkin nafas ola boşlagani haqida gapirdi.

Umuman, davlat rahbari nimaga işora qilgani köpçilikka ma'lum edi. Yaqin ötmişda Surxondaryoda kuçişlatar tizimlarning ayrim xodimlari öz vakolatini suiiste'mol qilgani, ular tomonidan inson şa'ni, qadr-qimmati oyoqosti qilingani, köplab insonlar tuhmat bilan uzoq muddatga qamalib ketgani sir emas.

Sariosiyolik Saidmuhiddin Xoliqov boşidan ötganlarini aytib berarkan, prezident Mirziyoyev aytgan gaplar aynan uning ham taqdirida keçganini tuşuniş qiyin bölmadi.

Qahramonimiz 2016 yilning 24 fevralida jinoyat işlari böyiça Surxondaryo viloyat sudining hukmiga asosan Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş, jamoat birlaşmalari yoki diniy taşkilotlarni qonunga xilof ravişda tuziş, ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş kabi ayblovlar bilan javobgarlikka tortilgan.

Saidmuhiddin Xoliqov 2020 yilning yozida oqlangan. U Kun.uz'ga boşidan ötkazganlari, xususan, qanday qilib kuçişlatar tizimlarning nişoniga aylangani, öziga nisbatan qilingan adolatsizliklar, jismoniy hamda ruhiy azoblar haqida hikoya qilib berdi:

— 2015 yilning martida IIB xodimlari meni heç qanday izohlarsiz köçadan uşlab olib ketişdi, – deya öz hikoyasini boşladi Saidmuhiddin Xoliqov. – Dastlab maşinamni tintuv qilişdi, özimni viloyat markaziga olib ketişdi. Biror ayb qöyişga asoslari bölmagaç, özlarining ixtiyorlarida qolişim uçun ham şaxsi noma'lum fuqaro sifatida rasmiylaştirib, “daydixona” (IIB huzuridagi reabilitatsiya markazi – tahr.)ga joylaştirişdi.

U yerda şunday muomala qilişdiki, buni inson bolasiga qöllab bölmaydi. Butunlay özimni yöqotib qöydim. Beş sutka davomida bir daqiqa ham ötirmadim. Tanamdan elektr tokini uzişmadi. 24 soat davomida tört kişi kelib tergov qiladi, ular ketib yana örniga boşqa törttasi keladi. Men ularga aytdim: “Akalar, yetti nafar farzandim bor. Nima maqsadlaring, aytinglar”, desam, “özing içingdagini ayt”, deyişardi.