2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun va prezidentning 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

2022 yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari:

  1. Xalq ta’limi vazirligi — 25,81 trln so‘m (o‘tgan yilda 22,17 trln so‘m);
  2. Maktabgacha ta’lim vazirligi —  6,49 trln so‘m (o‘tgan yilda 6,79 trln so‘m). Shundan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga subsidiyalar – 1,5 trln so‘m( o‘tgan yilda bu miqdor 1,2 trln so‘mni tashkil etgan);
  3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 4,14 trln so‘m( o‘tgan yilda 2,98 trln so‘m). Shundan 178, 5 mlrd so‘mi talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha subsidiyalar(2021 yilda yotoqxona bilan qamrab olinmagan va uyda ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara to‘loviga subsidiyalar 72,2 mlrd so‘mni tashkil etgan);
  4. Sog‘liqni saqlash vazirligi — 3,08 trln so‘m( o‘tgan yilda 4,45 mlrd so‘m). Shundan odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish bilan bog‘liq xarajatlar – 95,4 mlrd so‘m( 2021 yilda bu miqdor 50,8 mlrd so‘mni tashkil etgan);
  5. Madaniyat vazirligi — 728 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 1,03 trln so‘m);
  6. Innovatsion rivojlanish vazirligi — 843,3 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 747,8 mlrd so‘m);
  7. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1,324 trln so‘m(o‘tgan yilda 1,8 trln so‘m). Shundan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga transfertlar – 981,3 mlrd so‘m (2021 yilda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rivojlantirish uchun 1,395 trln so‘m mablag‘ ajratilgan);
  8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 615,8 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 1,72 trln so‘m);