Özbekiston prezidentining 1992 yil 8 yanvardagi “Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillaştiriş töğrisida”gi PF-314-sonli tarixiy farmoni bilan mustaqil Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga asos solingan.

Töğri, mustaqillikdan oldin ham Adliya vazirligi bölgan. Lekin 1992 yilda qayta taşkil etilgani tufayli vazirlik öz “tuğilgan kun”ini 1992 yil 8 yanvar deb biladi.

Foto: Adliya vazirligi
Foto: Adliya vazirligi

Roppa-rosa 30 yoşga tölgan Adliya vazirligi uşbu davr mobaynida Özbekiston qonunçiligining drayveri vazifasini ötadi, deb bemalol aytişimiz mumkin. Çunki ayni şu dargohda minglab qonun, qaror va farmonlarning “zuvalasi qorilgan”. Zero, vazirlikning eng asosiy vazifasi yagona davlat huquqiy siyosatini yuritiş va norma ijodkorligi faoliyatini muvofiqlaştiriş hisoblanadi.

30 yillik tarixida vazirlikni jami 10 nafar vazir boşqarişga ulgurdi.

Quyida uşbu vazirlarni birma-bir körib ötamiz.

Muhammad-Bobur Malikov

Muhammad-Bobur Malikov / Foto: YouTube

1991–1993 yillarda adliya vaziri bölgan Muhammad-Bobur Malikov 1948 yil 2 sentyabrda Toşkent şahrida tuğilgan. Ona (Xayriniso aya) tomondan Yöldoş Oxunboboyevning nabirasi hisoblanadi.

Faoliyatini asosan sud tizimida olib borgan Muhammad-Bobur Malikov 1989 yilda Özbekiston SSR Oliy sudi raisi va bir vaqtning özida SSSR Oliy sudining a’zosi sifatida iş boşlaydi.

Muhammad-Bobur Malikov mustaqil Özbekistonning ilk adliya vaziri böliş bilan birga 1993 yilda Özbekistonning AQŞdagi ilk elçisi hisoblanadi.