O‘zbekiston | 08:41 / 25.02.2022
13581
2 daqiqa o‘qiladi

Gurlan tumani hokimining tahdidli audioyozuviga munosabat bildirildi

Xorazm viloyati, Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilovning kooperativlarga uyushish istagida bo‘lgan fermerlarga «statyalar» bilan tahdid qilgani haqidagi audioyozuvga hokimlik tomonidan munosabat bildirildi.

Foto: Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilov

«Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman hokimi fermerlarning 2022 yil paxta hosili uchun tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan klaster bilan shartnoma tuzib ishlashning afzalliklari, buning tuman iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shadigan katta hissasi to‘g‘risida tushuntirishlar bergan. Shuningdek, hozirgi kunda tumanda paxtachilik bilan shug‘ullanadigan kooperatsiyaning yo‘qligi hamda uni yangidan tashkil qilish uchun ancha vaqt va katta sarmoya talab etilishini hisobga olib, hozirgi kunda klaster bilan shartnoma tuzib ishlash maqsadga muvofiq ekanligini bildirgan. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda klaster bilan ishlash har tomonlama manfaatli ekanligi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan.

Yig‘ilish davomida tuman hokimi tomonidan fermerlar shartnoma tuzishga majburlanmagan, ularning sha’niga tegadigan biror-bir so‘z ishlatilmagan.

Bu masalani barcha tomonlarning manfaatlarini ko‘zlagan holda ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda», deyiladi munosabatda.

Mavzuga oid