
Toşkent şahar hokimligi 15 mart kuni “Profi Event” MÇJ bilan 1 mlrd sömlik töğridan töğri şartnoma imzolagan. Bu haqda davlat xaridlari portaliga joylangan axborotga Davletovuz Telegram-kanali muallifi e’tibor qaratdi.
Bitim doirasida kompaniya mart oyida “Yangi Özbekiston” boğida quriliş, dekoratsiya, montaj va demontaj işlarini olib borişi belgilangan. Şartnoma yangilangan davlat xaridlari portalida yöq.
E’tiborlisi, “Profi Event” mazkur şartnoma imzolanişidan 15 kun oldin – 28 fevralda oçilgan. Asosiy faoliyat yönalişi – dam oliş va köngil oçişni taşkil etiş.
Kompaniya ta’sisçisi – Abduvosiqov Abduboriyxöja Abduvahob öğli (100%). U ayni paytda “Autograph Event” MÇJga ham töla egalik qiladi.
Autograph savdo belgisi esa birmunça vaqt oldin poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning J-United Group kompaniyasiga tegişli bölgan. Hozirda bu belgining rasmiy egasi – “Maroon Trade” MÇJ. Avvalroq Ortiqxöjayevga tegişli bölgan yana boşqa savdo belgilari – Joseph Joseph, Pearl, Señor & Señorita i Seniorita Home ham şu kompaniya egaligiga ötgan.

“Maroon Trade” Toşkent şahar Şayxontohur tumani Qoratoş köçasi 11A-uyda joylaşgan, xuddi şu manzilda Mediapark brendi ostida “Mediapark Group” MÇJ ham faoliyat yuritadi. Mazkur brend ham yaqin-yaqingaça Jahongir Ortiqxöjayevning J-United Group kompaniyasiga tegişli edi.


















