Çirçiqlik internet faoli Shavkat Hasan 13 iyun kuni Facebook orqali jonli efirga çiqib, YPX xodimi hujjatlarini tekşirganda maşinasining orqa oynasiga örnatilgan “tonirovka” uçun berilgan ruxsatnoma muddati ötgani ma’lum bölgani va maşinasi jarima maydoniga joylaştirilganini bildirdi.

“YPX xodimiga “tonirovka” hujjatini berganimda ruxsatnoma muddati 6 iyun kuni yakuniga yetganidan xabar topdim. Menga alam qilayotgan narsa, şu vaziyatda maşinasini noqonuniy “tonirovka” qilib olganlar bilan bir xil miqdorda, ya’ni 8 mln söm jarima tölarkanman. Qani bu yerda mantiq?

Orqa oynaga tonirovga urdiriş 1 mln söm turadi. Ruxsatnoma muddati ötib ketgani uçun 8 mln söm tölar ekanman. Agar 15 kunning içida tölasam 5 mln söm tölarkanman. Men özimdan beçorahol inson qiyofasini yasamoqçi emasman, lekin buni oçiq-oydin zulm deb hisoblayman. Şunçaki alam qilyapti, juda ham qattiq alam qilyapti.

Shavkat Hasan / Foto: Facebook / Shavkat Hasan

Qonun-qoidalar işlab çiqilayotganda nega puxtaroq tartib joriy qilinmagan? Axir ruxsatnomasiz “tonirovka” bilan yurganlar bilan ruxsatnomasi bor-u lekin ayrim sabablarga köra uning muddatini uzaytirmaganlarning katta farqi bor-ku. Jarimalar ham şunga mos bölişi kerak. Bu örinda men özimni mazlum deb hisoblayman. Birga bir tölaganda ham, ya’ni 1 millionlik “tonirovka”ning jarimasi 1 mln söm bölganda ham alam qilmasdi”, deydi Shavkat Hasan.

Kun.uz Shavkat Hasan bilan boğlandi. Holatga izoh berarkan u mantiqsiz qonun-qoidalar sabab avtomaşinasi ayni damda jarima maydonida qolayotganini bildirdi. Feysbukdagi videomurojaatidan söng unga bir qança huquqşunos va advokatlar yordamini taklif qilib çiqişgan.

U qölidagi hujjatlarni huquqşunoslarga topşirgani, ular tez orada amaldagi qonun hujjatlari asosida yuridik yordam körsatişga va’da berişganini ta’kidladi.