Uning sözlariga qaraganda, bu kasallik biror marta mamlakat hududida qayd etilmagan.
Ma’lum qilinişiça, Afğonistonda aniqlangan vabo kasalligi Özbekistonga kirib kelgani haqida tarqalgan ma’lumotlar mutlaqo yolğon. Özbekistonda şu paytga qadar biror marta vabo kasalligi aniqlanmagan.
Bundan oldin aholi orasida içimlik suvi quvurlari va jömraklar orqali vabo kasalligi tarqalişi mumkinligi töğrisida turli miş-mişlar tarqalgandi.
«Özsuvta’minot» korxonasi fuqarolardan bu kabi yolğon xabarlarga işonmaslikni va jömraklardan suv içmaslik töğrisidagi çaqiriqlarga quloq solmaslikni söragan.
Bildirilişiça, içimlik suvi sifati respublikadagi 79 ta laboratoriya tomonidan kun-u tun har tomonlama nazorat qilinadi. Suv tarmoqlari yoki jömraklar orqali biron-bir kasallik tarqalişiga yöl qöyilmaydi.
Şu bilan birga, Qarşi tumanidagi oçiq suv havzasida vabo vibrioni aniqlangan, Qaşqadaryo viloyati San-epid xizmati bu bakteriya vabo kasalligini keltirib çiqarolmasligini ma’lum qilgandi. Respublika SES Kun.uz'ga bergan axborotga köra, janubiy viloyatlarda vabo bakteriyalari deyarli har yili aniqlanadi; ular vabo qözğata olmasa-da, ötkir yuqumli içak kasalliklariga sabab bölişi mumkin.

















