Bunda andijonlik dehqon A’zamjon Hayitboy öğli bizga yaqindan yordam berdi.

“Odatda körinişi çiroyli tarvuzlar şirin çiqadi. Şuning uçun dastlab uni körinişidan farqlab oliş kerak.

Ikkinçi navbatda esa kindigiga qarab yaxşisini tanlaş mumkin. Bunda kindigi kattalari yaxşi pişgan, kiçiklari xomroq böladi.

Şuningdek, tarvuzni sotib olayotganda uning tönidagi çiziqlarga ham qaraş kerak. Bu çiziqlar qançalik katta va keng bölsa, 100 foiz  qip-qizil pişgan böladi.

Köpçilik xaridorlar tarvuzni urib, tekşirib köradi. Bunda agar tarvuzdan doiradek taranglagan tovuş çiqsa, yangi va sifatli tarvuzni topdingiz hisob, aksi holatda esa u 3-4 kundan beri turgan yoki muddati ötgan sifatsiz tarvuz hisoblanadi.

Qolaversa, tarvuzning bandidan ham uning yangi yoki turib qolganligini biliş mumkin. Bandi qurib qolgani eskiligidan, dirkillagani bölsa, yangiligidan dalolatdir.

Mabodo, tarvuzning tag qismida oq doğlari bölsa, xavotirga hojat yöq. Bu uning sifatiga yoki ta’miga ta’sir qilmaydi. Şunçaki, quyoş körmagan, yerga tegib turgan tomonida oq doğlar paydo böladi”, – deya ta’kidlaydi suhbatdoşimiz.

“Eskitdan ota-bobolarimiz “poliz mevalarini tanlayotganda, qovunning oğirini, tarvuzning yengilini ol” – degan. Biz şunga amal qilamiz”, – deya öz tavsiyalarini davom ettiradi A’zamjon Hayitboy öğli.

“Masalan, obi-novvotni oladigan bölsak, uning sirtidagi törlari qançalik köp bölib, band bergan bölsa, töliq pişgan hisoblanadi.

Kökça qovunida ham şunday, uning törlariga e’tibor beriş kerak. Faqat unda band bölmaydi, agar band bergan bölsa, u ezilib qolgan, pişib ötib ketgan sanaladi.

Hozir ayni pişiqçilik davrida bozorlarimizda xom tarvuz yoki qovunning özi yöq”, – deydi dehqon.