Germaniyada Putinning qisman safarbarlik e’lon qiliş qarori keskin tanqid qilindi. Bu Moskvada umidsizlik hukm surayotgani va Putin nihoyat niqobini yeçganidan dalolat beradi, deya hisoblaydi Berlin.
Germaniya hukumati Rossiyada Ukrainaga qarşi uruşga qisman safarbarlik e’lon qilgan Vladimir Putinning qarorini keskin tanqid qildi. Germaniya kansleri Olaf Şols bunga Rossiya armiyasining Ukrainadagi muvaffaqiyatsizligi sabab bölganiga işonyapti. Şols Putinning bayonotlarini e’tiborga oldi, dedi 21 sentabr, çorşanba kuni Berlinda Germaniya hukumati rasmiy vakili.
Uning eslatişiça, Putin qöşinlarni qayta yiğib, Kiyev hududini tark etdi, biroq Kreml Ukraina şarqida közlangan muvaffaqiyatga erişa olmadi. «Bu Ukraina öz hududiy yaxlitligi va suverenitetini juda samarali himoya qilayotganining yaqqol belgisidir, bu nafaqat dunyoning köplab mamlakatlari, xususan, Germaniyaning keng kölamli va jiddiy qöllab-quvvatlaşi tufayli yuz berdi», deyiladi bayonotda.
Safarbarlik töğrisidagi qaror «xalqaro qonunlarga zid ravişda Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzni yanada kuçaytirişga qaratilgan qadamdir», dedi Germaniya vitse-kansleri Robert Habek. Uning fikriça, bu - Kremlning «dahşatli va notöğri qadami». Habek ta’kidlaşiça, Berlin «albatta, Ukrainani töliq qöllab-quvvatlaşda davom etadi».
GSDP hukmron koalitsiyasi tarkibiga kiruvçi Bundestag deputatlari Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinişini Rossiya rahbariyatining «ojizligi belgisi» sifatida baholadi. «Ammo bu - yangi eskalatsiya», dedi sotsial-demokratlar fraksiyasi parlament kotibi Katya Mast. Uning sözlariga köra, Putin qarori uning agressiyani davom ettirişga tayyor ekanidan dalolatdir, şuning uçun özini Rossiya bosqinidan himoya qilayotgan Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etiş zarur.
«Putinning yangi keskinlaşuvi bizni erta tinçlik muzokaralari ehtimolini körişga undamayapti», deya qöşimça qildi u. Ukrainaga qurol yetkazib beriş masalalarida Mast ittifoqçilar bilan kelişuvlarga rioya qilişni davom ettirişga va yolğiz qaror qabul qilmaslikka çaqirdi.
Boşqa bir hukmron partiya – Ozod demokratik partiya (ODP) vakili Putinning bu qarorini umidsizlik işorasi deb bildi. Bu Rossiyaning katta harbiy yöqotişlaridan dalolat beradi, dedi ODP fraksiyasi vakili Ulrix Lexte. «Asta-sekin umidsizlik Vladimir Putin va Mudofaa vazirligini egallab olyapti», dedi u dpa’ga. Siyosatçi eskalatsiya yanada kuçayişi mumkinligini istisno etmadi va Germaniya «Ukraina tomonida qat’iy turiş»da davom etişini ta’kidladi.


















