18:41 / 26.09.2022
9851

O‘zbekiston prezidenti obunachilari soni bo‘yicha Markaziy Osiyo davlat rahbarlari orasida yaqqol yetakchi – Meta vakili

Instagram tarmog‘ida O‘zbekiston prezidenti 4,1 mln obunachiga ega.

Meta kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jorj Chen O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Facebook va Instagram tarmoqlaridagi sahifalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Aytishim mumkinki, bu juda yaxshi sahifalar. O‘zbekiston prezidenti obunachilari soni bo‘yicha Markaziy Osiyo davlat rahbarlari orasida yaqqol yetakchi. Ammo gap faqat obunachilar sonida emas, biz postlarga nisbatan bo‘layotgan reaksiyalarni ham ko‘rib chiqamiz. Aytish joizki, prezident matbuot xizmati videomateriallar va qisqa videoroliklarga alohida e’tibor beradi va bu auditoriyaga juda ma’qul keladi va ko‘rishlar sonini oshiradi. Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlarining aksariyati juda ko‘p matnli juda katta materiallar joylashtiradi, bu esa foydalanuvchilar uchun har doim ham qiziq emas.

Menga davlatingiz rahbarining faqatgina ish faoliyatini ko‘rsatuvchi postlar bilan chegaralanibgina qolmay, shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni ulashishi juda yoqadi, chunki bu — profil egasi haqida to‘liqroq tasavvur beradi. Misol uchun, biz uni tez-tez ba’zi ijtimoiy tadbirlarda, birinchi xonim hamrohligida va shunga o‘xshash holatlarda ko‘ramiz», — deya qayd etdi u.

Ma’lumot uchun, Instagram tarmog‘ida O‘zbekiston prezidenti 4,1 mln obunachiga ega. Qozog‘iston yetakchisini 2,3 mln, Ozarboyjon prezidentini 1,3 mln kishi kuzatadi. Qirg‘iziston prezidentining 446 ming, Tojikiston rahbarining esa 42,7 ming obunachisi bor.

Avvalroq Jorj Chen ko‘ra, Facebook va Instagram’ning 10 million faol o‘zbekistonlik foydalanuvchisi borligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top