Farğona şahri içki işlar bölimi xodimlari xizmat xonasida fuqaroni kaltaklagan. Xonadagi kuzatuv kamerasi qayd etgan tasvirda içki işlar xodimi xizmat kiyimidagi ikki nafar şaxsning biri fuqaroni böğib qiynayotgani, bu vaqtda ikkinçi xodim uni ayovsiz kaltaklayotgani körinadi.

Olişuv boşlangan vaqtda xonada bölgan, janjalda iştirok etmagan uç nafar erkakning faqat bittasi fuqaroni içki işlar xodimlari qölidan ajratişga urinadi. Biroq şunda ham xodimlar fuqaroga kuç işlatişda davom etişadi.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şoxruh Ğiyosov Kun.uz’ga fuqaroga kuç işlatgan xodimlar hududiy içki işlar boşqarmasi Jinoyat-qidiruv bölimi katta tezkor xodimi va profilaktika inspektori ekanini ma’lum qildi. Ular tomonidan qiynoqqa solingan şaxs esa Azizbek Meliboyev ekani ma’lum.

 Kuzatuv kamerasi yozib olgan videodan lavha.

Şoxruh Ğiyosov öz Telegram-kanalida voqea bundan bir yil muqaddam, 2021 yil 14 iyulda Farğona şahri IIBda sodir etilganini ma’lum qildi. Ğiyosovning bayonotida keltirilişiça, röy bergan holat yuzasidan prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda 2021 yil 2 dekabrda sudga oşirilgan.

Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning bayonotida javobgarlikka tortilgan xodimlarning har ikkisi profilaktika inspektori ekani keltiriladi. Qayd etilişiça, bu xodimlar Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, jinoyat işlari böyiça Yozyovon tuman sudining 2022 yil 14 martdagi hukmi bilan har ikkisiga nisbatan iş haqining 30 foizini davlat foydasiga uşlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.