Bugungi kunda davlat taşkilotlariga xos bölib qolgan bir maşğulot turi bor: bu çidab bölmas darajada köp ötkaziladigan yiğiliş, majlis, videoselektorlar. Gohida mas’ullar uzzukun şu iş bilan band bölişayotgandek tuyiladi. Kun.uz Toşkent viloyati hokimligi misolida vaziyatni tahlil qildi.
Oktyabrdagi 15 kunlik tadbirlar röyxatida dastlabki videoselektor yiğilişi 3 oktyabr soat 17:00da (1) viloyat hokimligi binosida ötkazilgani qayd etilgan. Unda hokim örinbosarlari, sektor va turli taşkilotlar rahbarlari iştirok etib, viloyatda “mahallabay” tizimida işlaşni yölga qöyiş hamda Oqqörğon, Toşkent hamda Çinoz tumanlarida ötgan sayyor qabullardagi murojaatlar ijrosini muhokama qilişgan.


Qiziği, tadbirlar röyxatidan örin olgan va 5 oktyabr kuni soat 9:00da (2) bölib ötgan videoselektor yiğilişi ham xuddi şu mavzuga bağişlanganini köriş mumkin.

Şuningdek, 4 oktyabr kuni soat 9:30da (3) barça vazirlik, idora, taşkilotlar, xususan, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari şoşilinç tarzda Vazirlar Mahkamasiga yiğilişga çaqirilgan. Unda “Yaşil makon” umummilliy loyihasini tatbiq etiş, daraxtlarni ekiş, parvarişlaş hamda 2022–2023 yilgi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari muhokama qilingan.





Xuddi şu kuni soat 11:00da Vazirlar Mahkamasida 4 ta (4) masala böyiça videoselektor yiğilişi taşkil etilgan. Undagi mavzu “Yaşil makon” umummilliy dasturini tatbiq qiliş, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik, “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturi ijrosi hamda 2022 yilgi işlab çiqariş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş dasturi ijrosiga bağişlangan.

























