Sabab — kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan 224-yiğiliş bayonnomasi. Unga asosan issiqxonalar yoppa kömirga ötişi kerak ekan. Şu sababli issiqxonalarga ortiq gaz yetkazib berilmaydi.

Tadbirkorlardan biriga berilgan ogohlantiriş xati

Oqdaryo tumanidagi Zarafşon daryosi böyida 20 gektar maydonda issiqxonalar qurilgan. 2018 yilda bu yerga prezident Şavkat Mirziyoyev ham taşrif buyurib, Koreya texnologiyasi asosida barpo etilgan issiqxona xöjaliklari bilan taniştirilgan edi.

Biz issiqxonada bölib, tadbirkorlarga mikrofon tutdik. Ular ekranda köriniş berişni istaşmadi. Sababi — ular «Hududgazta’minot» hali ham vaziyatni hal qilib berişidan umidvor va ekranda yuzi körinib, ular bilan adovatlaşib qolişni istaşmadi.

«Nega avvalroq ogohlantirişmadi? Nega bizga moslaşiş uçun vaqt bermasdan, gazlarimizni şu kunning özidayoq uzib taşlaşyapti? Axir hozirgi sovuq kunlarda keçalari ösimliklarni sovuq urib ketib, qilgan xarajatlarimiz va foydamizga kuyamiz-ku?» — deb jiğibiyron bölişmoqda «parnikçilar».

Biz 2 gektarlik issiqxonalardan birida iş boşqarayotgan kişi bilan suhbatlaşdik. Uning aytişiça, 15-20 nafar ayol bu yerda mavsumiy iş bilan ta’minlangan.

Tadbirkorlar katta miqdordagi imtiyozli kreditlar evaziga Koreya texnologiyasi böyiça energiya samarador issiqxonalarning karkaslarini olib kelişgan. Ularga gaz bilan isitiluvçi qozonxona qilingan. Zudlik bilan uni boşqa yoqilğiga moslaştiriş kamida bir oy talab etadi.

Bundan taşqari, mavsumiy ekinga tayyorlaniş uçun 500 million sömdan ortiq xarajat qilişgan. Kuniga mavsumiy işçilarning iş haqi uçun 1 million sömdan ortiq xarajat böladi.