Soğliqni saqlaş vazirligi Surxondaryo viloyatidagi şifoxonada hamşira farzandi oldida vahşiylarça kaltaklangani haqidagi videolavha yuzasidan ma’lumot berdi.

«Ma’lum bölişiça, Denov tuman sil kasalliklar şifoxonasi boş hamşirasi D.I. va mazkur davolaş muassasasi fizioterapiya bölimi hamşirasi S.T.ning şaxsiy adovati sabab, joriy yil 18 oktyabr kuni ertalab soat 10:00 lar atrofida ziddiyatli holat yuzaga kelgan. Uşbu holatga S.T.ning yaqinlari ham aralaşib, şifoxona boş hamşirasiga tan jarohati yetkazgan. 

Tibbiyot xodimlarining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlarni sodir etgan hamşiralar vaqtinça işdan çetlaştirildi. Şu bilan birga kaltaklangan hamşira qizining ruhiy holati va soğliği mutaxassislar nazoratiga olingan.

Ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan uşbu holat  yuzasidan tegişli suriştiruv işlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanmoqda», deyiladi xabarda.

Qayd etiş kerakki, bu Özbekistonda tibbiyot sohasi vakillariga oktyabr oyi davomida qilingan uçinçi hujum böldi. 12 oktyabr kuni Toşkent şahar Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida öz xizmat vazifasini ötayotgan «Tez yordam» xodimiga bemorning öğli tomonidan jarohat yetkazilgandi. 

16 oktyabr kuni esa Toşkent şahar Mirobod tumanida çaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va 64 yoşli haydovçisi kaltaklangandi.