Toşkentdagi Ğafur Ğulom madaniyat va istirohat boğidagi rekonstruksiya işlari 2022 yil yozida yakunlanadi va boğda kuniga 10 ming kişi hordiq çiqara olişi mumkin böladi. Bu haqda boğ hududini ijaraga olgan BMP Smart Decision Management ta’sisçisi Otabek Mirzajonov ma’lum qildi.

“Hozirgi kunda biz tomonimizdan 4 mln AQŞ dollari hajmida investitsiya kiritganmiz. Umumiy rejamizga asosan, investitsiyalar hajmi 10 millionga boradi.

Rekonstruksiya davomida biz parkda mavjud hamma attraksionlarni yangilaymiz. 30ta attraksionga Rossiya, Xitoy, Ukraina, Turkiya korxonalari bilan şartnomalar tuzilgan. 90 foiz attraksionimiz Özbekistonga olib kelingan. Qolganlari olib keliniş jarayonida.

Parkda rekonstruksiya davrida mavjud 9 mingta daraxtdan bittasiyam olinmagan, hammasini nazorat qilib, parvariş qilib, tubdan yangi suğoriş tizimini yaratmoqdamiz”, – dedi Mirzajonov Çilonzor tumani hokimligi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Eslatib ötamiz, Toşkentdagi eng gavjum istirohat boğlaridan biri bölgan Ğafur Ğulom boği 2019 yilda Vazirlar Mahkamasi va Toşkent şahar hokimligining yopiq hujjatlari bilan BMP Smart Decision kompaniyasiga 49 yilga ijaraga berilgan.

Kun.uz Singapurda röyxatdan ötgan mazkur kompaniya ta’sisçisi Özbekiston fuqarosi Şerzod Halimov ekani, kompaniyaning ustav kapitali 1000 Singapur dollari (720 AQŞ dollari atrofida) ekanini xabar qilgandi.

BMP Smart Decision Özbekistonda “BMP Smart Decision Management” MÇJ nomi bilan röyxatdan ötgan. Bugungi kun holatiga uning 99 foiz uluşi Singapur kompaniyasiga, 1 foizi esa fuqaro Mirzajonov Otabek Abdullajonoviçga tegişli.

Dekabr oyida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Ğafur Ğulom boğidagi rekonstruksiya keçikib ketgani uçun boğ egalarini tanqid qilgan, boğning bu investorga berilişi masalasi qayta körib çiqilişini aytgandi