G‘afur G‘ulom bog‘i ochilishi yana kechikadigan bo‘ldi
Bu – G‘afur G‘ulom madaniyat va istirohat bog‘i ochilishining uchinchi marta kechiktirilishi bo‘ladi. Bundan oldin bog‘ ochilish vaqti sifatida 2022 yilning yozi, keyinroq sentabri e’lon qilingan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘ qishda to‘liq ochilishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida joylashgan G‘afur G‘ulom madaniyat va istirohat bog‘i 2019 yil mart oyida rekonstruksiya ishlari sabab yopilgan edi. Keyinroq 2020 yil iyul oyida Toshkent shahar hokimligi bog‘ni modernizatsiya qilish ishlari 49 yilga “BMP Smart Decision Private Limited” xorij kompaniyasiga topshirilganini ma’lum qilgandi.
Kun.uz Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan bu kompaniya ta’sischisi O‘zbekiston fuqarosi Sherzod Halimov ekani, kompaniyaning ustav kapitali 1000 Singapur dollari (720 AQSh dollari atrofida) ekanini xabar qilgandi.
2021 yil dekabr oyida esa poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev G‘afur G‘ulom bog‘idagi rekonstruksiya kechikib ketgani uchun bog‘ egalarini tanqid qilgan, bog‘ning bu investorga berilishi masalasi qayta ko‘rib chiqilishini aytgandi.
Uzoq tanaffusdan keyin 2022 yilning fevral oyida bog‘ hududini ijaraga olgan BMP Smart Decision Management ta’sischisi Otabek Mirzajonov bog‘ shu yilning yozida poytaxtliklar uchun ochilishi haqida ma’lum qilgandi. Ta’sischi bog‘ga 4 mln AQSh dollari investitsiya kiritgani, bog‘ ichidagi biror daraxtga daxl qilinmasligi, barcha attraksionlar yangilanishini va ularning 90 foizi O‘zbekistonga olib kelinganini ham qo‘shimcha qilgan edi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, 2022 yilning iyul oyida Senatning yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zolari bog‘dagi qurilish ishlarini o‘rganib, bog‘ 1 sentabrda ochilishini e’lon qilgandi.
Biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘ ochilishi yana kechikadi. Ta’mirchi kompaniya rahbari Otabek Mirzajonovning aytishicha, bog‘ning ochilish sanasi hali ma’lum emas.
“Hozir xorijdan kelayotgan tovarlarimizni bojxona orqali qabul qilib olyapmiz. Bog‘ni ochishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Lekin qachon ochilishini aniq ayta olmayman. Oktyabr oyida ochishni rejalashtirganmiz”, — degan u.
Kompaniya rahbari o‘rinbosari Zafar Mirzaulug‘ov bog‘ ochilishi kechikishini Ukraina va Rossiyadan kelishi kutilayotgan tovarlar bilan bog‘lagan. Mas’ul parkning 90 foizi allaqachon tayyorligini ham qo‘shimcha qilgan.
“Bog‘ni sinov tariqasida ochish oktyabr oyiga rejalashtirilgan. Dekabr oyi oxirigacha to‘liq ochishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, – degan Zafar Mirzaulug‘ov.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
Mavzuga oid

16:55 / 15.12.2022
Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i) sizni mo‘jizaviy ertagiga taklif qiladi

12:24 / 27.10.2022
Hukumat rasmiylari G‘afur G‘ulom bog‘ining nomini o‘zgartirmaslik masalasida tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazdi

17:48 / 26.10.2022
“G‘afur G‘ulom bog‘ining nomi o‘zgarmaydi” - Chilonzor tumani hokimligi

13:51 / 25.10.2022