2023 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash bo‘yicha Prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, kelasi yili ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi:

  • 2 yanvar – dushanba;
  • 30 iyun – juma.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari:

  • 3 yanvar – seshanba;
  • 20 mart – dushanba;
  • 22 mart – chorshanba;
  • 24 aprel – dushanba;
  • 1 iyul – shanba;
  • 2 sentabr – shanba;
  • 30 dekabr – shanba.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:

  • 7 yanvar – shanba kunidan 3 yanvar – seshanba kuniga;
  • 11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;
  • 25 mart – shanba kunidan 22 mart – chorshanba kuniga;
  • 29 aprel – shanba kunidan 24 aprel – dushanba kuniga.