15:49 / 10.01.2023
10500

«Chilonzor buyum savdo kompleksi» hududidagi soyabonlar qulab tushdi

Toshkent shahrida joylashgan «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ hududidagi savdo rastasi qatorida soyabonlar qulab tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat aks etgan video tarqaldi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 10 yanvar kuni Chilonzor tumanida joylashgan «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ hududidagi 3-4 ayvonlar yon tomoni va 5-6 ayvonlar orqa tomonida yo‘laklarda o‘rnatilgan soyabonlar (naves) qor qalin yog‘ganligi sababli, og‘irlikni ko‘tara olmay egilib tushgan. 

Shu hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida evakuatsiya qilingan. Ushbu savdo do‘konlari bozor ma’muriyati bilan hamkorlikda vaqtinchalik yopilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytiladi.

«Hurmatli fuqarolar! Qor qalin yog‘ganligi sababli mustahkam bo‘lmagan to‘sinlar, soyabonlar va boshqa moslamalar ostida yurmasligingizni so‘raymiz», deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Mavzuga oid
Top