Boş prokuratura huzuridagi departament hamkor taşkilotlar bilan birgalikda bir neçta hududda gazdan noqonuniy foydalaniş holatlarini aniqladi. Bu haqda departament axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, «Toşkent magistral gaz quvurlari» boşqarmasi mas’ul şaxslari öz xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi oqibatida avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasining gaz hisoblaş uskunasiga taşqi ta’sir ötkaziş orqali umumiy qiymati 10,7 milliard sömlik tabiiy gaz noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Departamentning Jondor tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlarda A.Z. va A.A. MÇJ mas’ul şaxslari tumandagi «Jondor 1» Gsning Peşqandoq qişloği yönalişidagi gaz quvuriga yaşirinça ulanişib, «A.Z.» MÇJ 4,8 milliard sömlik, «A.A.» MÇJ 4,9 milliard sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departament hamda DXXning Şahrixon tuman bölim tomonidan «Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, uşbu filialning tuman bölimi muhandisi N.R. va boşqalar özlarining moddiy javobgarligidagi umumiy qiymati 36,7 million sömlik 68 dona gaz ballonlarni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 169-moddasi (öğrilik), 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.