Nozim Baxtiyoroviç Husanov Özbekiston Respublikasi kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Davlat boshqaruvi telegram-kanali xabar bermoqda.
Iste’fo sababi hozirça ma’lum emas.
Nozim Husanov 1976 yil Toşkent viloyatining Zangiota tumanida tuğilgan, 1997 yilda Toşkent avtomobil-yöllar institutini, 2002 yilda Toşkent moliya institutini (sirtqi bölim) tamomlagan.
U 2010—2013 yillarda Markaziy bankda işlagan, xususan MB raisi örinbosari bölgan, 2013—2014 yillarda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinçi örinbosari, 2014—2016 yillarda «Mikrokreditbank» boshqaruvi raisi bölgan, 2016—2018 yillarda Toşkent şahar hokimi örinbosari, 2018 yil aprelidan Sergeli tumani hokimi bölgan, 2019 yil sentabrida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlanadi.
2022 yil oxirida hukumatdagi ma’muriy islohotlar doirasida uçta vazirlik – Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi negizida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi rahbarligi taşkil etilgan, Nozim Husanov esa vazir Behzod Musayevning birinçi örinbosariga aylangandi.
Bungaça Taşqi migratsiya agentligida qator xodimlar hibsga olingandi. Xususan, joriy yil boşida vazirlikning agentlik ustidan nazorat qilişga mas’ul boşqarma boşliği qamoqqa olingandi. U migrantlarga aviaçipta ustiga narx qöyib sotiş orqali firibgarlik qilişda gumon qilinayotgandi.
Köp ötmay agentlik rahbari Afzal Irmatov Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça ayblanib, hibsga olingani ma’lum böldi.
Ma’lum bölişiça, agentlikdagi hibsga olişlar bilan vazirlik mulozimining qamoqqa olinişi Janubiy Koreyaga işga yuboriş jarayonida yölga qöyilgan korrupsion sxemaning foş bölişi bilan boğliq.













