Qozoğiston jahon bozorlariga energiya resurslari yetkazib beriş jarayonini diversifikatsiya qilmoqçi. Bu yönalişdagi asosiy loyihalardan biri Qozoğiston neftini Ozarboyjon orqali yetkazib berişdir, dedi Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 10 aprel, duşanba kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralardan söng.
«Bizning kelişuvlarimiz şarofati bilan joriy yilda Qozoğiston neftining birinçi partiyasi Ozarboyjon orqali jönatildi. Keyingi qadam yetkazib beriş hajmini oşiriş va ularni uzoq muddatli, barqaror qilişdir», - dedi Töqayev.
Ilgari Qozoğistondan neft eksport qilişning asosiy yöli «Kaspiy quvurlari konsorsiumi» tizimi bölgan, u neftni Rossiyaning Novorossiysk şahriga taşib, u yerdan dengiz orqali jönatardi. 2022 yil iyulida Novorossiyskning Primorskiy tuman sudi «Kaspiy quvurlari konsorsiumi» işini 30 kunga töxtatib qöydi, şundan söng Töqayev neft eksporti uçun yangi yönalişlarni topiş haqida topşiriq berdi.

















