Jahon | 08:23 / 05.05.2023
4973
2 daqiqa o‘qiladi

Serbiyadagi otishmada 8 kishi halok bo‘ldi

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli yigit mashinadan odamlarga qarata avtomatdan o‘q uzgan, shundan so‘ng u qochib ketgan.

Oliver Bunic/AFP/Getty Images

Serbiya poytaxti Belgraddan 60 kilometr janubda sodir bo‘lgan otishma natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi. Bu haqda 5 may, juma kuni APF axborot agentligi xabar berdi.

Otishma 4 may kuni kechki payt Dubona qishlog‘idagi Mladenovats shahri yaqinida sodir bo‘lgan, deb xabar bermoqda Serbiya OAV. Hujumchi harakatlanayotgan mashinadan avtomatdan o‘t ochgan va voqea joyidan yashiringan, deb xabar bermoqda Rs telekanali. Politsiya uni qidiruvga bergan. Qayd etilishicha, 21 yoshli yigit o‘t ochgan bo‘lishi mumkin.

Operatsiyaga ko‘plab politsiya mashinalari va vertolyotlari jalb qilingan, deya qayd etadi AFP. “Jinoyatchi qochib ketdi va barcha mavjud patrullar Mladenovats yo‘nalishiga jo‘natildi”, — dedi politsiya vakili.

Bir kun avval Belgraddagi maktabda 13 yoshli bola o‘q uzgan edi. Oqibatda 8 nafar bola va bir qo‘riqchi halok bo‘lgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid