Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina bir kechada Rossiyaning 21 ta dronidan 17 tasini urib tushirdi
Ukraina Harbiy-havo kuchlarining xabar berishicha, Rossiya kuchlari tunda Ukraina hududiga 21 ta uchuvchisiz uchish apparati (UUA) uchirgan, ulardan 17 tasi urib tushirilgan.
Xmelnitskiyda tungi otishmalar tufayli yong‘in chiqdi, jarohatlanganlar bor, deb xabar berdi shahar meri Aleksandr Simchishin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash to‘lqinlari oqibatida shahardagi ta’lim, tibbiyot muassasalari, ma’muriy binolar, ishlab chiqarish obektlari, ko‘p qavatli va xususiy turar joy binolari zarar ko‘rgan.
Mikolayivda otishma natijasida bir nechta fuqarolik obektlari zarar ko‘rgan, shuningdek, shahar korxonalaridan birida yong‘in boshlangan, deya xabar berdi mahalliy hokimiyat.
Turar joy binolari ham shikastlangan: besh qavatli binolardan birida deyarli barcha oynalar singan. Kamida uch kishi jarohatlangani haqida ma’lumot bor.
Kiyev ham "Shahed" dronlari tomonidan havo hujumiga uchragan. Barcha uchuvchisiz uchoqlar havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirildi, deya xabar berdi Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
20:57 / 13.07.2026