6 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» taqdimoti o‘tkazildi
Lotin yozuvidagi lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalarini o‘z ichiga olgan.

Foto: O‘zA
O‘zbekiston Fanlar akademiyasida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
Lotin yozuvidagi olti jildli lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalarini, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir necha shevada qo‘llanadigan so‘zlarni, ba’zi tarixiy va eskirgan atamalarni o‘z ichiga olgan.
Lug‘atning yangi nashri 3 mingdan ziyod yangi lug‘aviy birliklar bilan to‘ldirilgan. Ular o‘zbek xalq shevalari, xalq so‘zlashuv tilidan hamda boshqa davlatlar bilan o‘zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar natijasida o‘zbek tiliga xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlardan iborat.
– Lug‘at ustida ikki yil davomida mehnat qildik, – dedi filologiya fanlari doktori, professor Durdona Xudayberganova. – Asosiy maqsadimiz lug‘atdagi so‘zlarni boyitish bo‘ldi. Lug‘atni yig‘ishda ishtirok etgan xodimlarimiz XX asr boshida jadidlar tomonidan e’lon qilingan badiiy adabiyotlarni, gazetalarni o‘qib, lug‘atga kerakli bo‘lgan so‘zlarni yig‘ib, ajratib olishdi. Biz bu so‘zlarni ko‘zdan kechirganimizda respublikamizda hayvonot olami va o‘simliklar dunyosi bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p xalqona so‘zlar hali lug‘atga kirib ulgurmaganini ko‘rdik va o‘sha so‘zlarni lug‘atga kiritdik.
Qayd qilinishicha, lug‘at juda ko‘p illyustrativ misollar bilan boyitilgan, so‘zlar ma’nosining izohlari takomillashtirilgan. O‘zbek tili lug‘aviy tarkibida sodir bo‘lgan ma’noviy o‘zgarishlar ko‘rsatib berilgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«O‘zgidromet» havo harorati 40 darajadan oshishi va shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi
O‘zbekiston | 11:55
-
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi
Jahon | 11:50
-
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
O‘zbekiston | 11:43
-
Davlat tibbiyot muassasalarining pulli xizmatlari arzonlashadi
O‘zbekiston | 11:25
Mavzuga oid

18:49 / 03.03.2025
Ayrim xorijiy so‘zlarni o‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etildi

10:31 / 18.03.2024
Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun O‘zbek tili onlayn platformasi ishga tushirildi

14:34 / 17.10.2022
O‘zbekchani o‘rganishga o‘zga millatlarda rag‘bat yo‘qmi yoki o‘rgatishga bizda xohish?

08:26 / 16.10.2021