Kremlparast OAV va blogerlar RT boş muharriri Margarita Simonyanning Belgorod oblasti öqqa tutilmasligi uçun uruşni töxtatiş va Ukrainaning «bahsli hududlarida referendumlar» ötkaziş kerakligi haqidagi sözlarini muhokama qilmoqda.
Tarğibotçi bu haqda 4 iyun kuni «Rossiya 1» telekanalidagi «Veçera s Vladimirom Solovevym» körsatuvida gapirdi. Simonyan bir kun avval Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto tomonidan taklif qilingan Ukrainadagi mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş rejasida keltirilgan ta’riflardan foydalangan. U zudlik bilan öt oçişni töxtatiş, qurollardan xoli hudud yaratiş va unda xalqaro tinçlikparvar kuçlarni joylaştiriş, şuningdek, BMT vositaçiligida «bahsli hududlar»da referendumlar ötkaziş tarafdori edi.
Margarita Simonyan predlagayet otdat vzyatyye goroda i uyti pic.twitter.com/W0Kconq8Wn
— war weary (@princdatskij) June 7, 2023
Meduza naşri Simonyanning nutqidan ba’zi iqtiboslarni keltirdi.
— Ukraina qurolli kuçlari uzoq masofaga uçuvçi raketalar va qiruvçi samolyotlarni oladi. Ular bizga, bizning hududlarimizga zarba beradi. Belgorod oblastiga, undan ham uzoqroqqa, Voronej oblastiga, Xudo körsatmasin, Rostov, qadrdon Krasnodarga. Qrim haqida gapirmayapman.
Şundan keyin biz uçun «qizil çiziq» nima böladi? Biz hali bu çiziqni kesib ötganimiz yöq — bizga qarşi uruşayotganlarga zarba bermadik. Şunday payt keladiki, biz qiruvçi samolyotlar uçadigan aerodromlarga, bularning barçasi işlab çiqariladigan zavodlarga, portlarga zarba berişimiz kerak böladi. Lekin oxir-oqibat ular ham xuddi şunday javob qaytaradi. Bu xuddi bayramda bolalar bir-biriga tort uloqtirganga öxşaydi. Şunday bölmasligini xohlar edim.
Indoneziya ajoyib reja bilan çiqdi. Men ham bu haqda gapirganman. Yil davomida şuni aytdim. Hozir qon tökilişini töxtatiş juda ajoyib bölardi. Hamma turgan joyida qoladi, muzlatiladi va Indoneziya taklif qilganidek referendum ötkaziladi. Barça bahsli hududlarda referendum. Odamlar qayerda, kim bilan qolişni istasa, bu hudud öşa mamlakatga ötadi. Bu adolatli-ku? Biz bilan yaşaşni istamaydigan hududlar bizga kerakmi? Men bunga işonçim komil emas. Va negadir prezidentga ham ular kerak emasdek tuyulmoqda.














