Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya prezidenti Qirg‘izistonda Ukrainadagi urushni muhokama qiladi
Frank-Valter Shtaynmayyer Qirg‘izistonga tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy mavzularidan biri - Ukrainadagi urush, uning Markaziy Osiyo va Yevropa uchun oqibatlari.
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer 22 iyun, payshanba kuni rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov uni prezident saroyida kutib oldi. Shtaynmayyer Qozog‘istonda bo‘lgani kabi Germaniya Qirg‘izistonga ham o‘zini sherik sifatida taklif qilayotganini va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga tayyorligini ta’kidlamoqchi.
Dpa agentligiga ko‘ra, Germaniya prezidenti o‘zini an’anaviy ravishda Markaziy Osiyo mintaqasida katta rol o‘ynaydigan Rossiya va Xitoyga muqobil variant sifatida taklif qilmoqda.
Bishkekka kelgach, Shtaynmayyer Qirg‘izistonga tashrifining katta qismi Ukrainadagi urush, uning Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlari, jumladan, Germaniya uchun oqibatlarini muhokama qilishga bag‘ishlanishi mumkinligini aytdi.
Shtaynmayyer Germaniya Qirg‘iziston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganini eslatdi. «Bizda 30 yildan ortiq vaqt davomida juda barqaror munosabatlar mavjud, ular jadal rivojlanmoqda, ikki tomonlama tashriflarimiz buning dalilidir», — dedi Germaniya prezidenti. Bu Frank-Valter Shtaynmayyerning Qirg‘izistonga uchinchi tashrifidir.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan Qirg‘iziston noyob metallar va oltinning boy zaxiralariga ega mamlakat sifatida Germaniyani qiziqtiradi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, o‘z navbatida, Bishkek Germaniya bilan faol hamkorlikni davom ettirish tarafdori ekanini, Germaniya nafaqat Yevropa, balki butun dunyoda yetakchi davlatlardan biri ekanini ta’kidladi. «Germaniya o‘zining siyosiy nufuzi va iqtisodiy salohiyati tufayli dunyoning ko‘plab davlatlari, jumladan, Qirg‘iziston uchun ham namunadir», — dedi Japarov.
«Biz demokratik qadriyatlar, asosiy erkinliklar va inson huquqlariga hurmat bilan qaraymiz, ular Germaniyada ham yuksak qadrlanadi. Mamlakatimizni demokratik rivojlantirish, kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy tizimni barpo etishda Germaniya qo‘llab-quvvatlovi biz uchun juda muhim», - deya ta’kidladi Qirg‘iziston prezidenti.
Mavzuga oid
18:47 / 14.06.2026
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026