Qirg‘iziston Issiqko‘l sohilida yangi shahar qura boshladi
Osmon shahri 500-700 ming aholiga mo‘ljallanib, yuqori texnologik aqlli shahar bo‘lishi, mamlakatning iqtisodiy va turistik markaziga aylanishi ko‘zda tutilgan. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bugun qurilish ishlariga start berdi.

Foto: Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati
Bugun, 30 iyun kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Issiqko‘l yoqasida Osmon shahri qurilishiga tamal toshini qo‘ydi.
“Biz marvarid ko‘limiz – Issiqo‘l sohilida innovatsion shahar bunyod etib, uni iqtisodiy va turistik markazga aylantiramiz”, – dedi Japarov bugungi marosimda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Osmon shahri Sharq va G‘arbni, Shimol va Janubni bog‘laydigan habga aylanib, Qirg‘iziston iqtisodiyoti uchun lokomotiv vazifasini bajaradi.
“Osmon shahrining loyihasiga va qurilishni boshlashga davlat budjetidan bir tiyin ham sarflanmadi. Bu – bunday yirik loyihaning amalga oshirilishida ishtirok etishga qiziqish bildirgan tashqi investorlar borligi bilan bog‘liq”, – dedi Japarov.

Avvalroq, Osmon shahrining shakli yuqoridan qaraganda qirg‘iz milliy musiqa asbobi – qomuzga o‘xshashi aytilgandi. Bu musiqiy asbobning surati 1 somlik banknotada ham aks ettirilgan. Shahar 4 ming gektar hududda joylashib, 500-700 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Loyihani amalga oshirishning taxminiy muddati – 7-10 yil.
Konsepsiyaga asosan, ekologik toza Osmon shahri mamlakatning iqtisodiy va turistik markaziga aylanib, u yerda ilg‘or ta’lim tashkilotlari, zamonaviy biznes-markazlar va moliya muassasalari faoliyat yuritadi. Shaharda ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, bog‘lar, zamonaviy turistik va sport infratuzilmasi yaratiladi.
Shuningdek, dunyodagi eng yirik masjidlardan birini qurish, filmlar suratga olish uchun pavilonlar hududini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Osmon yuqori texnologik aqlli shahar bo‘lishi va’da qilinmoqda: u yerda muqobil energiya manbalaridan foydalaniladi, yuqori darajadagi energiya tejamkorlik ta’minlanadi, ekologik toza transport turlari joylashtiriladi va umuman, yashil iqtisodiyot tamoyillariga amal qilinadi.
Loyiha muallifi, ekoshaharni qurish bo‘yicha davlat direksiyasi rahbari Ruslan Akmataliyevning aytishicha, shahardagi dastlabki obektlarni qurishni boshlaydigan birinchi investor Janubiy Koreyaning Promise Land kompaniyasi bo‘ladi. Akmataliyev investor bilan 1 mlrd dollarlik shartnoma imzolangani, u jami 10 mlrd dollar sarmoya tikishga tayyorligini aytgan. Kompaniya 30 mingta uy, xususan terrasalarga ega elit xonadonlar, 10 va 30 qavatli turar joy va tijoriy majmualar hamda boshqa bino-inshootlarni qurishi aytilmoqda.

Direksiya rahbariga ko‘ra, hozirda bir nechta boshqa investorlar bilan ham muzokaralar olib borilyapti. Investorlar qancha ko‘p bo‘lsa, loyiha shuncha tez yakuniga yetkaziladi, degan u.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Toshkent viloyati markazi – Nurafshon shahri O‘zbekistondagi birinchi aqlli shahar bo‘lishi e’lon qilingan, lekin bu amalga oshmay qolgandi. Kun.uz o‘tgan oyda bu loyihaning keyingi taqdiri haqida maqola e’lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025