Oxirgi yillarda respublikada qurilish, obodonlashtirish masalasiga katta urg‘u berilyapti. Bu yo‘nalishga ajratilayotgan mablag‘lardagi nollar hisobi ko‘zni qamashtiradi. Shu bilan birga, aynan shu qurilishlar joylarda hokimlar o‘zgarishi bilan loyihalarning ham o‘zgarib ketayotganini yaqqol ko‘rsatib qo‘yyapti.

Ayni holatni Toshkent viloyatidagi “Nurafshon siti” taqdirida ham kuzatish mumkin.

Yangi hokim, yangi loyiha, yangi hamkorlar

Avvalo Nurafshonni rivojlantirish voqealari xronologiyasi bilan tanishsak.

Uzoq yillar To‘ytepa deb atalgan shaharning nomi 2017 yilda Nurafshon deb o‘zgartirildi va viloyatning ma’muriy markaziga aylantirildi. Bu vaqtda viloyatga Shukrullo Boboyev hokimlik qilayotgandi. Shaharning bosh rejasi ishlab chiqilib, Nurafshonda tubdan o‘zgarishlar sodir bo‘lishi aytildi. Bu qurilishlarga sarflash uchun jami 2 mlrd dollar ajratildi. Bu yerda koreyaliklar bilan hamkorlikda smart shahar barpo etilishi haqida xabar berildi.

2018 yilda Nurafshonning O‘zbekistondagi birinchi “smart sity”, ya’ni aqlli shahar bo‘lishi ma’lum qilindi. Bu paytda hokim G‘ulomjon Ibragimov edi.

Ammo 2019 yilda viloyatda hokimlikka Rustamjon Xolmatov tayinlandi va loyihada o‘zgarish bo‘ldi. Endi bu yerda “smart sity” emas, “Nurafshon siti” qurilishi uchun yangi loyiha imzolandi. Bu loyihani Singapurning "Universal Success Enterprises Limited" kompaniyasi amalga oshirishi aytildi.

2021 yilga kelib viloyatda yana hokim o‘zgardi va shu bilan birga loyiha ham o‘zgardi. Endi bu yerda “Nurafshon business city” konsepsiyasi asosida sport-sog‘lomlashtirish va ijtimoiy soha obektlari barpo qilinishi