Grigoriy Leps ukrainlar tankini yo‘q qilgan askarga mukofot puli to‘ladi

Rossiyalik qo‘shiqchi Grigoriy Leps dron yordamida jang maydonida Leopard tankini ishdan chiqargan rossiyalik harbiyga 1 million rubl mukofot puli to‘ladi.
Xonandaning instagram sahifasida e’lon qilingan videoda yuzi niqob bilan to‘silgan va chaqiruv belgisi «Venom» bo‘lgan rus harbiysi banknotlar dastasini ko‘rsatib, mukofot puli olganini tasdiqlagan.
Lepsning o‘zi esa video ostida «Men so‘zlarimga javob berdim», – deya izoh qoldirgan.
Ma’lumot uchun, shu yilning 14 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida rossiyalik bir guruh san’atkorlar mamlakat harbiylariga shaxsiy mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordam berish bo‘yicha tashabbusni ilgari surgan edi. Unda jumladan, qo‘shiqchi Grigoriy Leps va Nikolay Baskov Ukraina qurolli kuchlari tankini ishdan chiqargan har bir kishiga bir million rubl to‘lashga va’da bergan. Tashabbusga shuningdek, teleboshlovchi Yuliya Baranovskaya va «Zemlyane» guruhi rahbari Vladimir Kiselev ham qo‘shilgan.
Rossiyalik san’atkorlarning urush targ‘iboti bilan faol shug‘ullanayotgani ularning Rossiyadan tashqarida rejalashtirgan ko‘plab konsert dasturlari bekor qilinishiga ham sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, rossiyalik bir guruh Z-artistlar ishtirokida shu yil 20-21 may kunlari Toshkentda o‘tkazilishi belgilangan «Jara» festivali o‘zbekistonliklarning boykoti ortidan bekor qilingan edi. Bu festival bundan oldin Qozog‘iston va Ozarboyjonda ham bekor bo‘lgandi.
Shuningdek, Grigoriy Lepsning Qozog‘istonda, Olmaota oblastidagi Qo‘nayev shahrida 8 iyul kuni o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturi ham qozoq faollarining qarshiligi bilan bekor qilindi.
Grigoriy Leps shu yil 23 oktyabrda O‘zbekistonda konsert berishni rejalashtirgan. Ushbu tadbirga o‘zbekistonlik ko‘plab faollar qarshilik bildirayotganiga qaramay, hozircha tadbir bekor qilingani yo‘q.

3 iyul kuni O‘zbekiston Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Kun.uz muxbirining konsert dasturini bekor qilish haqidagi savoliga javoban «O‘zbekistonda san’atga to‘siq yo‘qligi»ni aytdi.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
Jahon | 18:21
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
-
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:22
-
Dunyoda qariyb 300 mln kishi ochlik yoqasida ekani ma’lum qilindi
Jahon | 17:19
Mavzuga oid

12:14 / 04.03.2025
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi

23:39 / 06.07.2023
Grigoriy Lepsning boykot qilingan Toshkentdagi konserti bekor qilindi

18:11 / 05.07.2023
Ukraina elchixonasi rossiyalik san’atkorlarning O‘zbekistondagi konsertlari bo‘yicha munosabat bildirdi

22:43 / 03.07.2023