Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter Threads ishga tushirilgani uchun Meta’ni sudga bermoqchi
Ilon Maskka tegishli kompaniyaning ta’kidlashicha, Meta yangi ijtimoiy tarmoq yaratish uchun Twitter’ning bir qancha sobiq xodimlarini ishga olgan.
Multimilliarder Ilon Maskka tegishli Twitter mikrobloglar xizmati Facebook va Instagram’ning bosh kompaniyasi Meta korporatsiyasini Twitter raqobatchisi - Threads’ni ishga tushirgani uchun sudga berish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda 6 iyul, payshanba kuni Semafor internet portali Twitter manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Aleks Spironing Meta asoschisi Mark Tsukerbergga yo‘llagan xatiga tayanib xabar berdi.
Maktubda advokat Meta Mask kompaniyasining «tijorat sirlari va boshqa o‘ta nozik ma’lumotlariga» kirish imkoniga ega bo‘lgan bir qancha sobiq Twitter xodimlarini ishga olganini da’vo qiladi. Aytilishicha, bu xodimlardan Twitter bilan raqobatlasha oladigan nusxa ko‘chirish ilovasini yaratishda maqsadli foydalanilgan.
Threads ijtimoiy tarmog‘i Meta tomonidan 6 iyulga o‘tar kechasi 100 ga yaqin mamlakatda ishga tushirildi. Twitter kabi, u qisqa matnli xabarlarni yuborish imkonini beradi. Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, ilova bir necha soat ichida 30 million marta yuklab olingan. Bugungi kunga qadar Threads Twitter’ning eng yaqin raqobatchisi hisoblanadi, chunki u juda ko‘p sonli Instagram foydalanuvchi akkauntlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanishi mumkin. Yevropa Ittifoqida ijtimoiy tarmoq hali ishlamayapti.
Mavzuga oid
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
22:41 / 18.04.2026
Meta sun’iy intellekt sababli 8 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
15:58 / 30.01.2026