Yerdagi o‘rtacha harorat eng yuqori tarixiy ko‘rsatkichni yangiladi
Bir necha kun ichida haroratning rekord darajada oshgani qayd etildi. Olimlar buni xavotirli ko‘rsatkich deb atamoqda.

Foto: AP
7 iyul kuni Yerdagi o‘rtacha harorat butun kuzatuvlar davri bo‘yicha maksimal darajada yangilandi. Buni sayyora holatini o‘lchash uchun sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va kompyuter simulyatsiyalaridan foydalanadigan Men universiteti (AQSh) ma’lumotlari tasdiqladi.
Bu joriy haftadagi uchinchi rekorddir. 3 iyul kuni sayyoramizdagi o‘rtacha havo harorati ilk bor Tselsiy bo‘yicha +17 darajadan oshdi. 4 iyul kuni +17,18 daraja, 7 iyul kuni esa +17,23 darajaga yetdi.
Dunyoning ko‘plab hududlarida havo haroratining rekord ko‘rsatkichlari qayd etildi. Masalan, Xitoyning Tszinsin viloyatida termometr ko‘rsatkichi Tselsiy bo‘yicha 43,3 darajaga ko‘tarildi.
Pensilvaniya universiteti iqlimshunosi Maykl Mann 2021 yilgi tadqiqotga tayanib, bu muzlik davridan keyingi 120 ming yil ichidagi eng issiq kunlar ekanini ta’kidladi.
Shu bilan birga, olimlar raqamlarning bunchalik tez o‘zgarishi ancha jiddiy muammoning belgisi ekanini aytmoqda. Jumladan, ular Tinch okeanining ekvatorial qismidagi «El-Ninyo» hodisasi bu o‘zgarishlar sababchisi ekanini ta’kidlamoqda.
Iqlimshunoslarning qayd etishicha, yer sharining 70 foizini egallagan okeanlarda bir necha oy davomida rekord darajadagi issiqlik kuzatilmoqda. Bu dunyoning turli burchaklarida tabiiy ofatlarga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
-
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
Jahon | 23:21 / 15.05.2025
-
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?
Jahon | 22:50 / 15.05.2025
Mavzuga oid

18:42 / 13.05.2025
Bu hafta bizni may uchun rekord issiq kutmoqda - Erkin Abdulahatov

21:59 / 10.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

11:17 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi

22:45 / 03.05.2025