CCSP kompaniyasi rahbari viloyatdagi granit, marmar va dolomit konlariga qiziqiş bildirdi. Şuningdek, kompaniya sanoat korxonalari uçun havo filtrlarini işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş böyiça izlanişlar olib borayotgani ma’lum qilindi.

Bölib ötgan muzokaralar yakunida Navoiy viloyati hokimi investorlar tomonidan amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan loyihalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşini ta’kidlab, Xitoy korxonasi vakillari mavjud karerlar va sanoat hududlari bilan taniştirilişini bildirdi.

CCSP kompaniyasi muhandislik dizayni va texnik modifikatsiyasi, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar işlab çiqariş, texnik xizmat körsatiş, aqlli zavod quriş, «yaşil» texnologiyalarni loyihalaş kabi yönalişlarga ixtisoslaşgan.