Sirdaryolik Ravşan Xöjanov uzoq yillardan beri energetika sohasida faoliyat yuritadi. U 2007 yildan beri Germaniyada yaşab kelmoqda. Mutaxassis qanday qilib Germaniyaga borib qolgani, u yerdagi hayoti, Özbekistonga qaytib, Moliya vazirligida ma’lum muddat işlagani, mamlakatda energetikaning kelajagini qanday körişi haqida Kun.uz’ga gapirib berdi.

Energetika sohasiga qiziqişi haqida

— Sobiq ittifoq davrida qurilgan Markaziy Osiyodagi eng katta elektrostansiya bizning şahrimiz (Şirin)da edi. 1972 yilda qurilgan, quvvati taxminan 3 ming megavatt. Otam öşa stansiyada işlardi. Özim bu sohaga kirib kelişim 1995 yilda Toşkentga kelişimdan boşlangan. Toşkent davlat texnika universitetining energetika fakultetida elektrostansiyalar yönalişi böyiça bakalavriatni bitirganman. Keyin 2 yil energetika menejmenti yönalişida ham öqiganman. Şundan söng Şirin şahridagi kasb-hunar kollejida boş muhandis-pedagog va maxsus fan öqituvçisi bölib işlay boşlaganman.

Öşa paytda Özbekiston va Germaniya örtasida kasb-hunar kolleji öqituvçilarining malakasini oşiriş loyihasi bölgan. 2003 yilda nemis tilini örganib, 2004 yilda 6 oyga malaka oşiriş uçun Germaniyaga borganmiz. Germaniyadagi ilm-fanga bölgan e’tiborni körib şu yerda işlaşni maqsad qilib, 2007 yilda Germaniya akademik almaşinuv dasturi doirasida 10 oylik qisqa muddatli stipendiya yutib olganman va oilam bilan köçib kelganman.

Bu yerda Amaliy texnika universitetida IESlarini modernizatsiya qiliş va unga muqobil energiyani tatbiq etiş böyiça loyihalar qilib, asosan, Germaniyaning fondlari orqali mablağ olib, loyihalarni Özbekistonga yönaltirganmiz.

Germaniyada qanday qilib qolib ketgani haqida

— 10 oylik dastur tugagaç, u yerda germaniyalik olimlar hamda muhandislar bilan IESlarda yoqilğini tejaş uçun quyoş elektrostansiyalaridan foydalaniş böyiça fikrlaşganmiz. Şunda biz “Volkswagen” kompaniyasi, Germaniya ta’lim vazirliklariga loyihalar topşirib, grant yutganmiz. Şunday loyihalar asosida özbek va nemis olimlari birgalikda işlaganmiz. 2010 yilda birgalikdagi birinçi grantimiz “Volkswagen” tomonidan berilgan, keyinçalik “Aleksandr Humboldt” grantini ham yutganmiz. Ketma-ket loyihalar ulanib ketavergaç, Germaniyada qoliş muddatim uzaygan.

Loyihalarimizga mablağ olganimizdan keyin 2011 yildan 2018 yilgaça Özbekiston va Germaniya örtasidagi turli loyihalarda rahbar bölib işlaganman. 2016 yilda yangi hukumat kelgaç, xorijdagi özbekistonlik mutaxassislarini Özbekistonga jalb qiliş boşlandi. Men ham şu asosida 2019-2022 yillar davomida Özbekiston Moliya vazirligida davlat energetik korxonalari boşqarma boşliği bölib işlaganman.