Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida taşkil etilgan tibbiyot fakulteti («Davolaş işi» ta’lim yönalişi) Toşkent tibbiyot akademiyasining Çirçiq filialiga aylantiriladi.

Filialda sport tibbiyoti va boşqa tibbiyot mutaxassisliklari («Davolaş işi», «Farmatsevtika», «Pediatriya») böyiça kadrlar tayyorlanib, Çirçiq şahridagi barça turdagi tibbiyot muassasalari unga klinik-öquv baza sifatida biriktiriladi.

Sport sohasida kadrlarni kompleks tayyorlaş böyiça «Çirçiq sport klasteri» namunasi yaratiladi.

Davlat sport-ta’lim muassasalarining sport şifokorlari, sport diyetologlari va sport farmakologlari Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazida belgilangan tartibda bepul malaka oşiradi.

Nukus, Andijon, Buxoro va Samarqand şaharlarida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining mintaqaviy filiallari taşkil etiladi.