Samarqandlik 138 nafar fuqaro Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Angliyaga mavsumiy işga yuboriş böyiça e’lonidan keyin zarur jarayonlardan ötgan, lekin keta olmay qolgan.

Kun.uz'da turli xususiy agentliklar tomonidan fuqarolarni xorijga jönatiş bilan boğliq holatlar bir neça marta yoritilgan. Çetga çiqiş evaziga katta mablağ tölab, çuv tuşib qolgan fuqarolar arzi köp bölgan. Lekin bu safar murojaatçilar xususiy firmalar emas, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligidan norozi bölmoqda.

Ma’lum bölişiça, 2023 yilning 17 fevral kuni agentlikning rasmiy Telegram-kanalida Buyuk Britaniyada işlaş istagidan bölgan fuqarolar uçun e’lon joylaştiriladi. E’longa asosan röyxatdan ötgan fuqarolar suhbat asosida saralab olinadi. Aytişlariça, rasmiylar keçi bilan joriy yilning 15 mayiga qadar nomzodlar Buyuk Britaniyaga jönab ketişini va’da qilişgan.

Ma’lumotlarga köra, Samarqand viloyati böyiça Buyuk Britaniyaga borib işlaş uçun 385 kişi suhbatdan ötgan. Hozirga qadar şundan 179 kişi jönab ketgan. Aynan xorijga jönatilganlar qaysi mezon asosida saralab olinayotgani murojaatçilarga qoronğiligiça qolmoqda.

Payariqlik Uluğbek Sultonovning aytişiça, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Telegram'da maxsus guruh oçib, öşa yerda yangiliklarni ulaşib turgan. Suhbatdan ötganlar öziga tegişli barça talablarni bajarib bölişgan. Aytaylik, soğliği, kasbi va şaxsiga oid ma’lumotlar olingan. Belgilangan tölov ham qilingan. Fuqarolar may oyida jönab ketişi aytilgan bölsa-da, bu gap amalga oşmagan.

Bulunğurlik Elmurod Oçilovga köra, unda traktor boşqariş huquqini beruvçi guvohnoma ham bor. Buyuk Britaniyaga boruvçi fuqarolar qişloq xöjalik işlariga jalb qilinişi közda tutilgan. Lekin Oçilovga dehqonçilikni yaxşi bilişi, traktor boşqara olişi ham afzallik bermayapti. Uning fikriça, bu yerda qandaydir “öyin” bölyapti.

Oçilov suhbat jarayonidayoq adolatsizlik bölganini aytmoqda. Migratsiya agentligi vakili Islom Ismoilov suhbatdan ötolmagan yigitlardan biri bilan çetroqda alohida suhbatlaşib olgani, bir muddat ötib öşa yigit Britaniyaga birinçilardan bölib ketganini aytadi.