Kongress Baydenga impichment e’lon qilish bo‘yicha surishtiruv boshladi
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri so‘zlariga ko‘ra, Bayden amerikaliklarga oilasining biznesi haqida hech narsa bilmasligini aytib yolg‘on gapirgan.

Kevin Makkarti Foto: SCANPIX/AP
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri respublikachi Kevin Makkarti Vakillar palatasi qo‘mitalariga AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenga qarshi impichment jarayoni doirasida surishtiruv boshlashni topshirdi, deb xabar beradi AFP 12 sentabr, seshanba kuni.
Topshiriq prezidentning o‘g‘li Xanter Bayden biznesi bilan bog‘liq. Makkarti so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden o‘g‘lining xorijdagi biznes faoliyati haqida bilmasligi haqida jamoatchilikka «yolg‘on gapirgan». «Palatadagi respublikachilar prezident Baydenning xatti-harakati haqida jiddiy va ishonchli ayblovlarni fosh qildi. Bu ayblovlar umumiy korrupsiya madaniyatini tasvirlaydi», - dedi Makkarti.
Respublikachilar yetakchisi Baydenga nisbatan surishtiruv rasmiy boshlanishini Vakillar palatasiga «barcha faktlar va javoblarni» to‘plash imkonini beradigan «keyingi mantiqiy qadam» deb atadi.
Oq uy surishtiruvni «ekstremal siyosat» deb atadi
Baydenga nisbatan surishtiruv boshlangani e’lon qilingach, Oq uy bu «eng yomon holatdagi ekstremal siyosat» ekanligini va respublikachilarda protsedurani boshlash uchun zarur dalillar yo‘qligini bildirdi.
Respublikachilar Xanter Baydenni otasining o‘tmishda prezident Barak Obama davrida vitse-prezidentlik lavozimidan Ukraina va Xitoyda biznes yuritishda foydalanganlikda aybladi. Shu bilan birga, Axios portalining qayd etishicha, Makkarti Baydenga nisbatan ehtimoliy impichmentni tasdiqlash uchun quyi palatadagi 218 nafar qonun chiqaruvchining qo‘llab-quvvatlashiga erisha oladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. Senatdagi ba’zi respublikachilar allaqachon kongressmenlar tomonidan taqdim etilgan dalillarni buning uchun yetarli deb hisoblamasligini aytgan, deya ta’kidlaydi Axios.
Mavzuga oid

19:00 / 18.05.2025
AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

13:56 / 17.05.2025