Statistika agentligi 2023 yilning yanvar-avgust oylaridagi sanoat işlab çiqarişi böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning dastlabki 8 oyi davomida gaz qazib oliş hajmi 31,39 mlrd kub metrni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,26 mlrd kub (2022 yilning yanvar-iyun oylarida 34,65 mlrd kub metr bölgan) yoki 9,4 foizga qisqargan.
2023 yilning yanvar-avgust oylaridagi gaz qazib oliş körsatkiçlari:
- Yanvar – 4,31 mlrd kub;
- Fevral – 3,85 mlrd kub;
- Mart – 4,16 mlrd kub;
- Aprel – 3,94 mlrd kub;
- May – 3,6 mlrd kub;
- Iyun – 3,7 mlrd kub;
- Iyul – 3,9 mlrd kub;
- Avgust – 3,92 mlrd kub.
Ma’lumot uçun, 2022 yilda ham gaz qazib oliş 53,8 mlrddan 51,66 mlrd kub metrgaça yoki 4 foizga kamaygandi.
Özbekistonda sönggi yillarda gaz qazib olişning qisqarişi va içki bozorda talab ortib borayotgani sababli xorijga tabiiy gaz sotiş jiddiy qisqartirildi. Xususan, 2020 yilda Rossiyaga eksport butunlay töxtatildi.
Xitoyga gaz eksporti ham ötgan yilning şu davriga nisbatan qisqargan. Xususan, yanvar-avgust oylarida Xitoyga 370,57 million dollarlik tabiiy gaz eksport qilingan, bu 2022 yilgi körsatkiçdan 40 foizga kam. Aksinça, Energetika vazirligi bergan ma’lumotlarga köra, joriy yilning oktyabr oyidan boşlab Özbekiston Rossiyadan kuniga 9 mln kub metr gaz import qilişni boşlaydi. Yillik hajm taxminan 2,8 milliard kub metrni taşkil qiladi. Şuningdek, “UzGazTrade” va “Turkmengas” kompaniyalari örtasida yiliga 2 mlrd kub metrgaça turkman gazini Özbekistonga yetkazib beriş böyiça qisqa muddatli şartnoma imzolangani ham

















