Özbekiston tabiiy gazining Xitoyga eksporti ötgan yilning şu davriga nisbatan 40 foizga kamaydi, deb yozadi TASS Xitoy Xalq Respublikasi bojxona boş boşqarmasi ma’lumotlariga tayanib. 

Avgust oyida Özbekistondan Xitoyga oylik gaz yetkazib beriş iyul oyidagi körsatkiçga nisbatan qariyb 18 foizga kamaygan holda 75,27 million dollarni taşkil etdi. Bungaça Özbekiston gaz eksportini ikki oy ketma-ket oşirgan. 

Yanvar-avgust oylarida Özbekiston Xitoyga 370,57 million dollarlik tabiiy gaz eksport qildi, bu 2022 yilgi körsatkiçdan 40 foizga kamdir. 

Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib beriş böyiça yetakçilikni saqlab qolişda davom etib, sakkiz oy içida 6,63 milliard dollarlik gaz yetkazib berdi (ötgan yilga nisbatan +5 foiz). Ikkinçi örinda Rossiya, u eksport hajmini qariyb ikki baravar oşirib, 4,46 milliard dollarga yetkazgan bölsa, keyingi örinlarda Myanma (993 million dollar) va Qozoğiston (782 million dollar) bormoqda.