Germaniya prezidenti Tanzaniyada nemis mustamlakachilarining vahshiyliklari uchun kechirim so‘radi
Frank-Valter Shtaynmayyer o‘z mamlakatining Tanzaniyadagi mustamlaka davri harakatlarini sharmandalik deb atadi.

Foto: AFP
1900-yillarning boshida mustamlakachilikka qarshi ko‘tarilgan Maji-Maji qabilasi qo‘zg‘oloni paytida nemis qo‘shinlari 300 mingga yaqin odamni o‘ldirdi. Prezident Frank-Valter Shtaynmayyer qo‘zg‘olon boshlangan Songea shahridagi muzeyda nutq so‘zladi.
«Bu yerda nemislar ota-bobolaringizga qarshi qilgan ishlari uchun uzr so‘rayman», dedi u. «Bu yerda sodir bo‘lgan voqea bizning umumiy tariximiz, ajdodlaringiz tarixi va Germaniyadagi ajdodlarimiz tarixidir».
1905-1907 yillardagi Maji-Maji qabilasi qo‘zg‘oloni nemis mustamlaka ma’muriyatining mahalliy aholini paxta yetishtirishga majburlashi va soliqlarni oshirishi ortidan ko‘tarilgan edi. Shu paytda zamonaviy Tanzaniyaning materik qismi Germaniya Sharqiy Afrikasi tarkibiga kirgan edi. Birinchi jahon urushi davrida bu mustamlaka Buyuk Britaniya tomonidan bosib olindi, so‘ngra uning bir qismi Versal shartnomasiga binoan Belgiyaga berildi. Angliya va Belgiya bu hududni 1961 yilgacha, Tanzaniya mustaqillikka erishgunga qadar boshqardi.
1905 yil iyul oyida koloniyaning shimoli-sharqida qo‘zg‘olon boshlandi, u tez orada zamonaviy Tanzaniya hududining uchdan bir qismini qamrab oldi.
Dastlab qo‘zg‘olonchilar biroz muvaffaqiyatga erishdilar, ammo yil oxiriga kelib partizancha taktikaga o‘tishga majbur bo‘ldilar, chunki Germaniyadan kelgan harbiy qismlar isyonchilarning asosiy kuchlarini mag‘lub etdi.
Yakunda qo‘zg‘olon ikki yildan so‘ng muntazam armiya yordami bilan bostirildi. Operatsiya ekinlarni payhon qilish, mahalliy aholidan chorva mollari va oziq-ovqat mahsulotlarini musodara qilish bilan birga olib borildi.
Maji-Maji qo‘zg‘oloni yetakchilaridan ba’zilarining boshi Germaniya muzeylarida namoyish etish uchun olib ketildi. Ularning ba’zi avlodlari uzoq vaqtdan beri bosh suyaklarni vataniga qaytarishga harakat qilmoqda. Shtaynmayyer ushbu suyaklarni vataniga qaytarish masalasiga ham to‘xtalib, Germaniya «sizni qiynayotgan savollarga javob izlashini» aytdi.
2021 yilda Germaniya Afrikadagi yana bir davlat - Namibiyani bosib olish paytida genotsid sodir etganini ham rasman tan olgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 08:16
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
Mavzuga oid

21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi

12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi

10:52 / 24.02.2025
Germaniya prezidenti Shtaynmayyer Kiyevga yordam davom etishini aytdi

10:38 / 24.02.2025