BAAning Masdar kompaniyasi Buxoro viloyatining Olot tumanida 250 MW quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasi va 63 MW quvvatli elektr energiyasini saqlaş tizimini barpo etadi.
Loyiha qiymati 273 mln dollarga baholangan. Investor quriliş davridagi öz majburiyatlari lozim darajada bajarilişining ta’minoti sifatida 50 mln dollar miqdorida birinçi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etişi kerak.
Işlab çiqarilgan 1 kWh elektr energiyasi uçun xorijiy valutada denominatsiyalangan 3,044 sent va elektr energiyasini saqlaş tizimidagi foydalanişga tayyor har bir megavattga (soatiga) 16,55563 dollar miqdorida tarif örnatilgan.
Fransiyaning Voltalia kompaniyasi esa Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida 100 MW quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasini taşkil etadi.
68 mln dollarlik loyiha investoridan 20 mln dollar miqdorida birinçi darajali xorijiy bank kafolati talab etiladi.
Stansiyada işlab çiqarilgan 1 kWh elektr energiyasini davlat 2,888 sentdan sotib oladi.
Bitimlarga köra, davlat 25 yil davomida bu ikki stansiyadan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qiliş majburiyatini olgan.
Ikkala xususiy şerik alqaro moliya korporatsiyasining moliyaviy va texnik kömagida ötkazilgan xalqaro tender asosida tanlab olingan.

















