Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turkiy davlatlar ittifoqi Yevroittifoq kabi kuchli tashkilotga aylanadi» - Abdulhakim Shar’iy Juzjoniy
Huquqshunos olim O‘zbekistonning jadidlar borasidagi tashabbuslarini olqishladi. «Bunday harakatlar 300 mln turkiy xalqlarni birlashtirish uchun xizmat qiladi», — dedi u.
Toshkent o‘tayotgan «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyada qator olimlar qatnashmoqda. Ulardan biri, Xalqaro Bobur jamg‘armasining Shvetsiyadagi vakili, huquqshunos olim, 2008 yildan beri Shvetsiyada istiqomat qilib kelayotgan Sayyid Abdulhakim Shar’iy Juzjoniy Kun.uz muxbiri bilan suhbatda jadidlar haqida gapirdi.
«Sharoit og‘ir, zulm avjida bo‘lgan bo‘lsa ham, jadidlar o‘z oliy g‘oyalarini amalga oshirishga harakat qildilar. Istibdod haddan oshib, odamlarda imkon yo‘q edi, barcha harakatlar bostirilardi. Minglab vatandoshlarimiz shu ozodlik g‘oyasi uchun qurbon bo‘ldi. Lekin harakatlar to‘xtamadi, 100 mingdan oshiq kishi halok bo‘lgan.
«Bosmachilik» deb atalgan ozodlik harakati 20 yil davom etdi. Shunday og‘ir sharoitda tish-tirnoq bilan zulmga qarshi turishdi.
Bugun O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan jadidlarga bag‘ishlangan ishlar bo‘lyapti, mana, konferensiyalar tashkil etilyapti.
G‘oya bitta — turkiy davlatlar birligi. O‘ylaymanki, hali Turkiy davlatlar ittifoqi Yevropa ittifoqi kabi kuchli tashkilotga aylanadi. Bunday harakatlar 300 mln turkiy xalqlarni birlashtirish uchun xizmat qiladi», — dedi Juzjoniy.
Mavzuga oid
15:47 / 02.04.2026
100 yil oldingi tashabbuslar: jadidlar kambag‘allikka qarshi qanday kurashgan edi?
22:37 / 19.07.2024
Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi o‘tkaziladi
12:37 / 20.06.2024
“Jadidlarimizning mag‘rur va g‘olib qiyofalarini chizishimiz kerak” – kinorejissyor Jahongir Ahmedov
17:49 / 05.01.2024