O‘zbekiston | 07:53 / 14.12.2023
4614
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va YeTTB 7 ta sohada loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari va YeTTB bosh kotibi Londonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bosh kotibi Kazuhiko Koguchi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlash va o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Bir qator istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, jumladan, bankning davlat korxonalari va banklarini o‘zgartirish hamda xususiylashtirishda faol ishtirok etishi, «yashil» rivojlanish, toza energiya, transport, ayollar va yoshlar tadbirkorligi, shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti, raqamlashtirish va boshqa sohalardagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bugungi kunda bankning O‘zbekistonga kiritgan sarmoyalari 3,5 milliard yevrodan oshgan va loyiha portfelining 60 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid