Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azodagi harbiy harakatlarning «uchinchi bosqichi» boshlanganini e’lon qildi
Bu bosqich bombardimon qilish intensivligini kamaytirish va G‘azodagi qo‘shinlar sonini qisqartirishni o‘z ichiga oladi.
Foto: Anadolu Agency
Isroil armiyasi qamaldagi G‘azo sektorining bir qator hududlarida jangovar harakatlarning «uchinchi bosqichini» boshladi. Isroil davlat telekanali KAN xabariga ko‘ra, uchinchi bosqichga oz sonli harbiylar jalb etilgan.
Qayd qilinishicha, G‘azo shahri sharqidagi Ad-Daroj va At-Tuffah hududlarida davom etayotgan intensiv harbiy amaliyotlar kelasi hafta boshida yakunlanadi.
Avvalroq, Isroil armiyasi radiostansiyasi so‘nggi bir necha kun ichida G‘azoda Isroil qo‘shinlari soni kamaygani haqida xabar bergan edi.
Isroil matbuoti xabarlariga ko‘ra, «uchinchi bosqich» intensiv bombardimondan cheklangan bombardimonlarga o‘tishni va G‘azo sektoridan ko‘pchilik qo‘shinlarni olib chiqishni nazarda tutadi.
Isroil armiyasi «uchinchi bosqich»ga o‘tgani bo‘yicha rasman bayonot bermadi. Biroq, Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini, jumladan, qo‘shinlarni qisqartirayotganini hisobga olgan holda, bu bosqich allaqachon boshlanganini aytish mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Falastin tarafi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oktyabr kuni boshlangan mojarodan beri, isroilliklarning G‘azo hududlarini bombardimonlari oqibatida 22,3 ming kishi halok bo‘ldi, 57 mingdan ortig‘i jarohat oldi.
Isroil rasmiylari o‘z qurbonlari soni 1200 nafarga yaqinlashgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
22:54 / 26.04.2026
Isroil BAAda «Temir gumbaz» tizimi va o‘z harbiylarini joylashtirgan – OAV
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
08:37 / 24.04.2026
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh muddati uzaytiriladi
20:04 / 23.04.2026